Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Diyor Mirzaboyev: «Maqsadimiz — kuchli beshlikka kirish»

Diyor Mirzaboyev: «Maqsadimiz — kuchli beshlikka kirish»

Baho:
+ | -

Pro liganing navbatdagi turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Yangiyer" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Diyor Mirzaboyev fikrlarini bildirdi.

— Avvalo uzoq masofa bosib kelgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. O‘yinga kelsak, hozir asabiy holatda ko‘p vaziyatlarni eslay olmayman. Yaxshi infratuzilmaga ega jamoaga qarshi o‘ynadik. Golni oddiy holatda o‘tkazib yubordik. Ikkinchidan, bizda ham vaziyatlar bo‘ldi. Gol urishiga qiynalmoqdamiz. Hech qaysi futbolchi atayin gol urmayman, demaydi. Alamli mag‘lubiyat. "Mash’al" begona emas, shu yerni nonini yeganman. Oldinda o‘yinlar yetarlicha. Vaziyatni o‘nglay olamiz. Maqsadimiz kuchli beshlikka kirish. Golda esa diqqatni yo‘qotdik. Markaziy himoyachilar e’tiborni ko‘zdan qochirdi. Fikrim shunday.

— Klubda moliyaviy holat qanday?
— Men kelgunimga qadar oqsash bo‘lib turgandi. Yaqinda viloyat hokimi qabulida bo‘ldik. Homiylar biriktirildi. Bitta odamga qiyin. Hozirgi kunda 2ta mukofot pulidan qarzdorlik bor. Sharoit faqat futbol uchun xizmat qilmoqda. Ishonchlarni oqlashga harakat qilamiz.

— Zaxiradan tushgan futbolchilar qanchalik o‘zlarini oqlashdi?
— Vaziyatlar bilan, golli vaziyatni farqi bor. Zaxiradan tushganlar o‘yinni kuchaytira olishdi. Lekin natija yaxshi bo‘lmadi.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 06:45, 15.06.2022.
O'qildi: 1244 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.