Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vitsel "Marsel"ga o‘tishi mumkin

Vitsel "Marsel"ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel "Marsel"ga o‘tishi mumkin, deb xabar beradi L'Equipe.

Manba bergan xabarga ko‘ra, fransuz klubi 33 yoshli belgiyalik futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Qayd etilishicha, “Marsel” yarim himoyachini erkin agent sifatida “Aston Villa”ga o‘tgan yarim himoyachi Bubakar Kamaraning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

Vitsel o‘tgan mavsumda dortmundliklar safida barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda 2 ta gol urgan. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:20, 15.06.2022.
O'qildi: 1127 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.