Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

U23 Osiyo kubogi. Ilk finalchi aniq bo‘ldi

U23 Osiyo kubogi. Ilk finalchi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan dastlabki jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Avstraliya va Saudiya Arabistoni jamoalari o‘rtasidagi bahsda Arabiston yarim oroli vakillari ustun kelishdi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Xolid Al Eysa hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay avstraliyaliklar o‘yinchisi qizil kartochka olib, jamoasini murakkab vaziyatga solib qo‘ydi. Ikkinchi taymda asosan qarshi hujumda harakat qilgan arablar 72-daqiqada yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanib, oradagi farqni ikkitaga yetkazib olishdi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda hakam har ikki darvoza tomon penalti belgiladi. Darvozabonlar esa zarbalarni qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shu tariqa, 2:0 hisobida g‘alaba qozongan Saudiya Arabistoni U23 jamoasi ketma-ket ikkinchi bor mazkur musobaqada final yo‘llanmasiga sazovor bo‘lmoqda. Eslatib o‘tamiz, ikkinchi finalchi nomini bugun 21:00 da boshlanadigan O‘zbekiston va Yaponiya jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng bo‘lib olamiz.

U23 Osiyo kubogi, yarim final
AVSTRALIYA - SAUDIYA ARABISTONI - 0:2 (0:1)
Gollar: Hussayn Iso (20), Ayman Yahyo (72)
Noaniq penaltilar: Najjarayn (90+9, darvozabon) — Abdulla Radif (90+11, darvozabon)
Chetlatish: Rich (39)

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:11, 15.06.2022.
O'qildi: 6847 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик