Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Omadsizlikka dahshatli reaksiya

Omadsizlikka dahshatli reaksiya

Baho:
+ | -

CHL-2021/2022 finali tashkilotchiligiga doir sustkashliklar muhokamasi avj olgan payt Fransiyada yana bir noxush voqelik ro‘y berdi.

Aniqrog‘i, bosh yevrokubokning hal qiluvchi bahsi ertasiga jangari kayfiyatlari bilan tanilishgan «Sent-Etyen» muxlislari «katta sahna»ga chiqishdi.

«Sent-Etyen» 29 may kuni o‘z maydonida «Oser» bilan o‘ynadi - Liga 1da qolish uchun «pley-off»ning javob bahsi. Ilk uchrashuvda kuchlar teng kelgandi - 1:1. «Joffrua Gishar» arenasida esa avvaliga mehmonlar gol urishdi, «yashillar» faqat 76-daqiqada Mahdi Kamara goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi, yana 1:1. Yakunda Liga 1 yo‘llanmasi taqdirini penaltilar seriyada aniqlashga to‘g‘ri keldi. Ilk zarbani amalga oshirgan «Sent-Etyen» vakili Riyod Budebuz gol urolmadi va barchasini shu xato hal qildi. Xullas, seriyada 4:5 hisobida yengilgan Fransiyaning 10 karra chempioni - «Sent-Etyen» (aytgancha, bu borada Fransiya rekordi «PSJ» yoki «Lion» emas, aynan «yashillar»ga tegishli) elitadan tushib ketdi. To‘g‘ri, jamoa oldin ham bunday muvaffaqiyatsizlikka uchragandi, ammo naq 18 yildan buyon Liga 1da muntazam ishtirok etayotgandi. 

Xullas, «Sent-Etyen» fanatlari ushbu omadsizlikni og‘riqli qabal qilishdi. Ular yakunda maydonga bostirib kirishdi, markaziy tribuna va kiyinish xonasiga olib boruvchi tunnelga pirotexnika vositalarini yog‘dirishdi. Chunonchi, har ikki jamoa vakillari sarosimada kiyinish xonasi tomon chopishgandi. Tabiiyki, vaziyatga polisiya kuchlari aralashdi, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatishga to‘g‘ri keldi. Yaxshiki, tartib o‘rnatish chog‘i hech kim jiddiy jabr ko‘rmadi. Hozircha «Sent-Etyen»ga qanday jazo qo‘llanilishi aniq emas. Klub egalari esa «zahar»li fanatlar guruhidan qutulishga qarshi emasliklari haqida bayonot berishga ulgurishdi: «Yaqin kelajakda klub kelajagiga bog‘liq muhim yangiliklarni e’lon qilamiz», - deyishdi «Sent-Etyen» aksiyadorlari Bernar Kayasso va Rolan Romeyer.

«Sent-Etyen» muxlislari oldinroq ham o‘zlarini «ko‘rsatishgandi». «Oser» bilan o‘yinda ham tribunalardan biriga muxlis qo‘yilmadi - u aprel oyi oxirida «Monako»ga qarshi kechgan bahsda yuz bergan tartibsizliklar ortidan yopiogandi. O‘shanda fanatlar guruhi ikkinchi bo‘limda «fayer-shou» namoyish etishgan va o‘yin yarim soat to‘xtab qolgandi. «Yashillar» fanatlari Liga 1 11-turidan o‘rin olgan «Anje» bilan uchrashuv boshlanishidan oldin ham xuddi shunday qilishgan va hakamning start hushtagi belgilanganidan 30 daqiqa kech yangragandi.

Yakunlangan mavsum Liga 1da faqat «yashillar» muxlislari emas, balki boshqalar ham shov-shuv ko‘tarishdi. Jumladan, avgust oyida «Marsel» va «Nissa» o‘rtasidagi o‘yin futbolchilar, murabbiylar va muxlislar ishtirokida katta tartibsizlik yuzaga kelgani tufayli buzildi. Yana bir katta janjal - «Marsel» yarim himoyachisi Dimitri Payetga daxldor: «Lion» bilan bahsda uning boshiga shisha idish «uchib tushdi». Oqibatda bu uchrashuv ham yakuniga yetkazilmadi. «Lans» - «Lill» (6-tur) o‘yinida esa mezbon jamoa muxlislari maydonga yugurib tushishdi, mehmonlarga ajratilgan tribunaga hujum uyushtirishdi. Bunda ham vaziyatga polisiya aralashdi, o‘yin yarim soat to‘xtab qoldi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:20, 16.06.2022.
O'qildi: 2133 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.