Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel yozgi transfer oynasida jamoani tark etadi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, "Marsel" 33 yoshli belgiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Biroq fransuz klubi futbolchining o‘zi "Atletiko"ni tanlashidan xavfsiramoqda.
Shuningdek, Vitselga Turkiya, AQSH va Germaniyadan ham takliflar bor.
Aksel o‘tgan mavsumda dortmundliklar safida barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda 2 ta gol urgan. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.