Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Jenoa" himoyachisi bir qator klublar nishonida bo‘lib turibdi

"Jenoa" himoyachisi bir qator klublar nishonida bo‘lib turibdi

Baho:
+ | -

"Jenoa" himoyachisi Andrea Kambyaso A Seriyaning "Yuventus", "Inter", "Atalanta" va "Sassuolo" klublari qiziqish doirasida bo‘lib turibdi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio o‘z saytida xabar bermoqda.

Chempionat yakunida genuyaliklar A seriyani tark etganiga qaramay, 22 yoshli Kambyaso o‘zini Italiya futbolidagi eng umidli futbolchilardan biri sifatida ko‘rsatdi.

O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 28 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kambyasoning “Jenoa” bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt uning hozirgi transfer qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:14, 18.06.2022.
O'qildi: 1102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.