Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Bugungi final tadbirlari haqida: yo‘llar yopiladi, katta monitor o‘rnatiladi, muxlislar esa 4 soat oldin kiritiladi

Bugungi final tadbirlari haqida: yo‘llar yopiladi, katta monitor o‘rnatiladi, muxlislar esa 4 soat oldin kiritiladi

Baho:
+-1 | -

Xabaringiz bor, bugun, 19 iyun kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida futbol bo‘yicha 23 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final bahsi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari kubok uchun bahs olib borishadi.

Finalga qiziqish yuqoriligi va stadion barcha xohlovchilarni sig‘dira olmasligini inobatga olib, «Bunyodkor» stadioni avtomobillar turargohida futbol muxlislari uchun yarim finalda o‘rnatilganidek maxsus monitor o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, «Uzreport TV» telekanali tomonidan final jonli translyasiyasi amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, stadionga keluvchi muxlislarning ko‘pligini inobatga olib hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida musobaqani tomosha qilish uchun tomoshabinlar stadionga soat 14:00 dan boshlab kiritilishi aytildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, final bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanining quyida keltirilgan ko‘chalarda soat 12:00 dan soat 24:00 gacha  bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati   vaqtinchalik cheklanadi:

— Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor  va KXAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

— Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

— Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan-CHo‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Manba: uzreport.news
Kiritildi: 05:12, 19.06.2022.
O'qildi: 4076 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик