Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"Vest Xem" klubi yaqin soatlar ichida yangi transferni rasman e’lon qiladi

"Vest Xem" klubi yaqin soatlar ichida yangi transferni rasman e’lon qiladi

Baho:
+ | -

Londonning "Vest Xem" klubi Fransiyaning "Renn" jamoasi himoyachisi Naif Ager bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qilish arafasida turibdi.

Jurnalist Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, futbolchi allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va "bolg‘achilar" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Qayd etilishicha, "Renn" o‘z futbolchisi uchun 35 million yevro + bonuslar oladi. Agerga qishda ham "Vest Xem" qiziqish bildirgandi, biroq keyinchalik transfer amalga oshimagandi, chunki "Renn" marokashlik futbolchini mavsum o‘rtasida qo‘yib yuborishni istamagandi.

So‘nggi mavsumda Ager Fransiya chempionatida "Renn" safida ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. 26 yoshli marokashlik futbolchi avvalroq “Dijon” jamoasida ham o‘ynagan.

Kiritildi: 11:57, 20.06.2022.
O'qildi: 1254 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик