Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay
10/10 14:10 Avstraliya 3-1 Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston 0-0 Eron
10/10 19:00 Iordaniya 0-2 Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn 2-2 Indoneziya
10/10 21:00 Qatar 3-1 Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon 4-0 Kuvayt
10/10 21:00 BAA 1-1 KXDR
10/10 23:00 Iroq - Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya - Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador - Paragvay
11/10 02:00 Venesuela - Argentina
11/10 05:00 Chili - Braziliya

Fabiu Viyeyraning "Arsenal"dagi o‘rni qanday bo‘ladi?

Fabiu Viyeyraning "Arsenal"dagi o‘rni qanday bo‘ladi?

Baho:
+ | -

"Arsenal" muxlislari, eng katta dushman sanalgan "Tottenxem"ning transfer bozoridagi keskin harakatlarini ko‘rib, xavotirga tusha boshlagan edi. Biroq, ularning sevimli jamoasi ham bo‘sh kelishni istamadi va hech kim kutmagan bir paytda "Portu"dan yosh yarim himoyachi, Fabiu Viyeyrani xarid qildi. Portugaliya yoshlar terma jamoasi a’zosi tez orada "Arsenal" futbolchisi sifatida rasman tanishtiriladi. Ushbu yangilik ko‘pchilikda bir qancha savollarni hosil qilgani ham bor gap. Negaki, ayni damda "Arsenal"ning ishonchli chizig‘i yarim himoya sanaladi. Yana u yerga yangi futbolchi sotib olish esa, biroz g‘alati holat. Xo‘sh, "Arsenal" yoki Mikel Arteta Viyeyrani jamoaga qanday moshlatirmoqchi?

22 yoshli yarim himoyachining maydondagi roli "Portu"da aniq edi: u hujumchilarni golli passlar bilan ta’minlashi kerak bo‘lgan. Ammo "Arsenal"da bu ishni qoyilmaqom qilib uddalay oladigan o‘yinchilar yetarlicha. Shu sababdan Fabiu, "Arsenal"da zaxiraga mixlanishi mumkin. U holda, rahbariyat jamoa uchun muhim bo‘lgan 35 million yevroni o‘ylamay sarflagan bo‘lib qoladi. Aslida esa unday emas. O‘tgan mavsum davomida hujumda qo‘shimcha kuch yetishmasligi Mikel Artetani qiynab keldi. Aynan mana shu nuqtayi nazardan ham bugun "Arsenal" qo‘shimcha ijodkor futbolchiga muhtoj bo‘lib turgandi. Fabiu Viyeyra esa ana shu o‘yinchidir. O‘tgan mavsumda Portugaliya chempionatida 14 ta golli passga mualliflik qilgan portugal tez orada APL yulduziga aylanishi mumkin.

Fabiu Viyeyrani maydondagi pozisiyaga joylashtirishda ozgina muammolar vujudga kelishi mumkin. Chunki Viyeyra Edegor bilan deyarli bir xil o‘rinda o‘ynaydi. Mikel Arteta esa bu borada ozgina o‘ylab ko‘rishi kerak. Bunda eng katta ehtimoliy ssenariy bu, Viyeyrani markazga ko‘chirishdir. Chunki Edegor o‘ng qanotda sermahsullik namoyish etib kelmoqda. Yevropa ligasi musobaqasi ham borligini inobatga olsak, rotasiyalar ko‘payadi va murabbiyda yangi futbolchilarni har xil nuqtalarda sinab ko‘rish imkoni paydo bo‘ladi. Qolaversa, Premer ligada yangi mavsumdan boshlab beshtagacha futbolchi almashtirishga ruxsat etilmoqda. Bu ham tarkibni ideallashtirishda qo‘l keladi.

Viyeyradan, shuningdek, o‘ng qanot vingeri sifatida ham foydalanish mumkin. Qachonki Bukayo Sakada muammo bo‘lsa, endilikda Mikel Arteta Fabiuni ishga solishi mumkin bo‘ladi. Bu ham "Arsenal"ning foydasiga xizmat qiladi. Umuman olganda, 22 yoshli yarim himoyachi "Portu"da ham Portugaliya termasida ham o‘zining moslashuvchan va ko‘pfunksiyali ekanini namoyish etib ulgurgan. U osonlik bilan har ikki qanotga yoki markazga moslasha oladi. Shuning uchun ham jamoa muxlislari bu xariddan faqat xursand bo‘lishlari kerak. Mikel Arteta esa "Arsenal"ni yoshartirishni davom ettiradi. Uning endigi nishoni hujumchi sotib olishdir. Jamoaga markazda harakat qiladigan strayker zarur.

Bu borada "Manchester Siti" vakili Gabriel Jezus yoki "Lids" hujumchisi Rafinya eng katta nishon sifatida e’tirof etilgan. Ko‘ramiz, "Arsenal" yozni yana qanday transferlar bilan yakunlar ekan...

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 13:39, 20.06.2022.
O'qildi: 2411 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.