Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Futbol geografiyasi. JCH-2026 arenalari haqida nimalarni bilasiz?

Futbol geografiyasi. JCH-2026 arenalari haqida nimalarni bilasiz?

Baho:
+ | -

Los-Anjelesdan Torontogacha. 2026 yilgi jahon chempionati o‘yinlariga mezbonlik qiladigan 16 ta shahar nomi ma’lum bo‘ldi. Quyida ular haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Futbol geografiyasiga xush kelibsiz.

Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022ning barcha ishtirokchilari aniqlanganidan bir necha kun o‘tib, AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 tashkilotchilari jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan 16 ta shahar ro‘yxatini tasdiqladilar.

Qo‘sh mezbonlik. Bu 2002 yildan beri Yaponiya va Janubiy Koreyada o‘tkazilgan jahon chempionatidan so‘ng ilk bor sodir bo‘lmoqda. Bundan tashqari, tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa jahon chempionati final bosqichida ishtirok etadi. 80 ta o‘yin 16 ta shahar bo‘ylab taqsimlandi. AQSHda 60 ta, jumladan, yarim final va final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi, Kanada va Meksika esa 10 tadan bahsga mezbonlik qiladi.

Quyida ushbu taqsimotga e’tibor qaratamiz.

AQSH (11): Atlanta, Dallas, Boston, Xyuston, Kanzas-Siti, Mayami, Nyu-York/Nyu-Jersi, Los-Anjeles, Filadelfiya, San-Fransisko va Sietl shaharlari.

Kanada (2): Vankuver, Toronto

Meksika (3): Mexiko, Gvadalaxara, Monterrey

AQSH shaharlari va stadionlari

1. Atlanta. Mercedes-Bens Stedium (75 000 tomoshabin)

Quyida ushbu taqsimotga e’tibor qaratamiz.

AQSH (11): Atlanta, Dallas, Boston, Xyuston, Kanzas Siti, Mayami, Nyu-York/Nyu-Jersi, Los-Anjeles, Filadelfiya, San-Fransisko va Sietl shaharlari.

Kanada (2): Vankuver, Toronto

Meksika (3): Mexiko, Gvadalaxara, Monterrey

AQSH shaharlari va stadionlari

1. Atlanta. Mersedes-Bens Stedium (75 000 tomoshabin)

2017 yilda ochilgan stadionda barcha zamonaviy qulayliklar, jumladan, 360 daraja ko‘rish burchagini ta’minlovchi dunyodagi eng yirik innovasion video panel mavjud. "Mersedes-Bens Stedium" allaqachon ko‘plab konsertlar va sport tadbirlariga mezbonlik qilgan va 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalning bir uchrashuvini qabul qiladi.

2. Dallas. Dallas. «Ey-ti-end-ti Stedium» (92 964)

Yevropa futbolidan ko‘ra Amerika futbolini afzal ko‘ruvchi aholi muxlislik qiluvchi klub. "Dallas Kovboys"ning uyi bo‘lgan stadion. 2026 yilgi jahon chempionatining final o‘yinini o‘tkazishga da’vo qilmoqda.

3. Boston. "Jillett" stadioni (70 000)

Bu stadion o‘zi bilan bir paytda qurilgan stadionlarga solishtirganda yetarlicha jozibaga ega bo‘lmasligi mumkin. Chunki "Nyu-England" o‘yinlariga muxlislarning o‘rtacha tashrifi so‘nggi paytlarda kamayib ketdi - o‘tgan mavsum bo‘yicha NFLda o‘rtacha 19 000 tomoshabin, ammo "Gillette Stadium" ham yarim finaldan biriga mezbonlik qilishi kutilmoqda.

4. Xyuston. «En-ar-dji Stedium» (72 220)

Ushbu stadion atrofidagi tadbirlarning asosiy ishtirokchilari ko‘pincha buqalar, sigirlar va boshqa chorva mollari, rodeolar va hayvonlar ko‘rgazmalari ishtirokida o‘tkaziladi. Xo‘sh Texas shtatidan yana nimani kutgan edingiz?

Biroq, "NRG" stadioni yirik sport tadbirlariga ham mezbonlik qilgan - turli xil superkuboklardan tortib "Real Madrid", "Bavariya", "Man Siti" va "Manchester Yunayted" ishtirokidagi xalqaro miqyosdagi uchrashuvlargacha bo‘lib o‘tgan.

5. Kanzas-Siti. «Errouxed Stedium» (76 640)

1970 yillarda qurilgan va 21-asrda keng ko‘lamli ta’mirdan o‘tkazilayotgan stadion Amerikaning O‘rta G‘arbiy qismida joylashgan. "Errouxed" stadioni 2014 yilda "Chiyefs"ning "Nyu England Patriots" ustidan qozongan g‘alabasi paytida 142,2 dBda qayd etilgan eng yuqori shovqin darajasi bilan Ginnesning Jahon Rekordlar kitobiga kiritilgan.

6. Mayami. "Xard Rokk" stadioni (67 518)

1987 yilda qurilgan stadion yaqinda yarim milliard yevroga ta’mirlandi, shuning uchun "Xard Rokk"ning hech qanday holatda yangi arenalardan kam joyi yo‘q.

Maxsus o‘rnatilgan tom o‘rindiqlarning 90% ni jazirama Florida quyoshidan himoya qiladi. Besh yil muqaddam Mayamida hattoki “Real Madrid” va “Barselona” o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi ham bo‘lib o‘tgan edi.

7. Nyu-York / Nyu-Jersi. «MetLayf Stedium» (87 157)

Ushbu stadion JCH-2026 final uchrashuvini o‘tkazish uchun asosiy favoritlardan biri. 12 yil davomida "MetLayf" futbol o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha boy tajriba to‘pladi: har yili ushbu arenada 50 ga yaqin yirik tadbirlar o‘tkaziladi, ularda 2 milliondan ortiq tomoshabin qatnashadi.

8. Los-Anjeles. "Sofi" stadioni (70 000)

5 milliard dollarlik stadion ikkita NFL klubiga mezbonlik qiladi, ammo Jahon chempionati vaqtida diqqatni futbolga o‘zgartiradi. "Sofi" stadionida 1994 yilda Braziliya va Italiya o‘rtasidagi Jahon chempionati finali o‘tkazilgan.

9. Filadelfiya. «Linkoln Faynenshel Fild» (69 176)

Nafaqat sport, balki musiqaga oid elita tadbirlarini o‘tkazishi bilan mashhur ko‘p funksiyali joy.

10 San-Fransisko. «Livays Stedium» (70 209)

Bu dunyodagi eng zamonaviy sport arenalaridan biri. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki "Livays Stedium" Kremni vodiysida joylashgan.

2014 yilda ochilgan stadionda barcha toifadagi futbol o‘yinlari, Superkubok va NXLning bir qator o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. San-Fransisko JCH-2026 yarim finallaridan biriga mezbonlik qilish uchun ariza topshirgan.

11. Sietl. "Lyumen Fild" (69 000)

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi eng yaxshi va eng baland stadionlardan biri, u MLSda eng ko‘p tashrif buyuriladigan arenadir, "Sietl Saunders"ga qarashli. Arenaning qisman tomi bor, u tribunalarning 70 foizini qoplaydi va piyolasimon noyob akustikani yaratadi.

Kanadadagi shaharlar va stadionlar

12. Vankuver. "BiSi Pleys" (54,600)

Ushbu stadion 2015 yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati finaliga mezbonlik qilgan va endi erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida ancha kamtarona bosqichda bo‘lsada debyut qilmoqda. Boshqa ko‘plab arenalarda bo‘lgani kabi tashkilotchilar 2026 yilgi Jahon chempionatiga qadar sun’iy o‘tni tabiiy o‘t bilan almashtirishga va’da berishdi.

13. Toronto. "Bimo fild" (45 500)

Shimoliy Amerikadagi Jahon Kubogining eng kamtarona sig‘imli arenasi. "Bimo Fild" faqat turnirning guruh bosqichiga mezbonlik qiladi.

Meksikadagi shaharlar va stadionlar

14. Mexiko shahri. "Azteka" (87 523)

Mashhur “Azteka”ni tanishtirishga hojat yo‘q, chunki bu uchinchi marta jahon chempionatini qabul qiladi (JCH-1970 va JCH-1986). Mexikoda Pele va Maradona g‘alaba qozonishgan.

15. Gvadalaxara. "Estadio BBVA" (53 460)

Arxitektura jihatidan stadion tutun halqasi bilan o‘ralgan vulqonga o‘xshab ketadi. 2010 yilda ushbu stadion meksikalik hujumchi Chicharito o‘ynagan "Chivas" va "Manchester Yunayted" o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bilan rasman ochilgan.

16. Monterrey. "Akron" (46 232)

"Nyu-Meksikan" stadioni (2015-yilda ochilgan) Meksikaning yetakchi klublaridan biri, "Monterrey"ning uy arenasidir.

Kiritildi: 13:49, 20.06.2022.
O'qildi: 2624 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.