Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Eto’O 22 oyga shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

Eto’O 22 oyga shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

Baho:
+ | -

Kamerun futbol federasiyasi prezidenti Samuel Eto’O Ispaniya sudi tomonidan 22 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

«Barselona» klubi sobiq hujumchisi daromadlarini soliqdan yashirish bilan bog‘liq jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Eto'O ushbu ayblovni tan oldi, ammo mas’uliyatni o‘zining sobiq agenti Xose Mariya Mesalyesga yukladi. Shu bois, Samuel ushbu masalada Mesalyes ustidan huquqni himoya qiluvchi organlarga shikoyat kiritdi.

«Men bu faktlarni tan olaman va ularni to‘lamoqchiman. Ammo shuni ma’lum qilamanki, o‘sha paytda men yosh bo‘lganman va qonuniy vakilim nimani aytgan bo‘lsa, shuni qilganman», – dedi Eto’O.

Prokuror Eto’o va Mesalyesga to‘rt yarim yil qamoq jazosi berishni so‘radi. Sud esa sobiq futbolchini 22 oyga, uning agentini esa bir yilga ozodligini cheklash haqida qaror chiqardi. Ular o‘z ayblarini tan olib, zararning bir qismini qoplashgani uchun jazo yumshatildi.

Bundan tashqari, Eto’O 1 810 310 yevro miqdorida jarimaga tortildi. Mesalyes esa 905 155 yevro miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Ushbu jinoyat 2006-2009 yillarda futbolchi "Barselona" safida to‘p yurganida sodir etilgan. Eto’O bu davrda imij huquqidan olgan daromadlarini deklarasiya qilmagan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 17:57, 20.06.2022.
O'qildi: 3863 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.