Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

“Ajdodlar chorlovi” yohud afsonalar raqamini ko‘tarib yurgan yulduzlar

“Ajdodlar chorlovi” yohud afsonalar raqamini ko‘tarib yurgan yulduzlar

Baho:
+ | -

2000 yil boshlarida futbol yorqin yulduzlarga juda boy edi. Ronaldinyo, Zidan va Bekxem kabi futbolchilarning liboslari butun dunyo bo‘ylab millionlab nusxada sotilgan. Ularning ismi tilga olinganda katta yoshli futbol yulduzlari ularning raqamlarini yodga olishadi. Shuning uchun top-klublar afsonalari raqamlari ostida o‘ynayotgan yulduzlarni eslashga qaror qildik.

“Yuventus”da 10-raqamli libos – Del Pyero va Dibala

Afsonaviy Alessandro Del Pyero ketganidan so‘ng, hech kim “Yuventus”da 10-raqamni olishga jur’at eta olmadi. 2013/14 yilgi mavsumda Karlos Teves ushbu libosni ikki yil davomida kiyib yurdi. 2015/16 yilgi mavsum boshida raqam Pol Pogbaga berildi va bir yil o‘tib u klubni tark etdi. 2017 yilda 10-raqamni yaqinda “Yuve”dan ketishini e’lon qilgan Paulo Dibalga ishonib topshirildi. Endilikda libos yana o‘z egasini kutmoqda.

“Arsenal”da 14-raqamli libos – Anri va Nketia

Tyerri Anri davrida 14-raqam “Arsenal” uchun timsolga aylandi. Anri ketganidan ikki yil davomida u bo‘sh qoldi. 2008/09 yilgi mavsumda Teo Uolkott ushbu raqamni o‘z zimmasiga oldi. 9 yildan so‘ng Teo klubni tark etdi va 14-raqam londonliklar safida 163 o‘yinda 92 ta gol urgan Pyer-Emerik Obameyangga nasib etdi. Shunday qilib, “Arsenal”ning 14-raqami 2021/22 yilgi mavsum yakunidan Mikel Artetaning ishongan “tog‘i” Eddi Nketiada bo‘ladi.

“Arsenal”da 10-raqamli libos – Bergkamp va Smit-Rou

Uilyam Gallas, Robin van Persi, Jek Uilsher va Mesut Ozil Dennis Bergkamp klubni tark etganidan beri “Arsenal”da 10-raqamni ko‘tarib yurdi. Juda kuchli ro‘yxat. “To‘pchilar” futbolchisi Emil Smit-Rou o‘tgan mavsumda 37 o‘yinda 11 gol va 2 golga assistentlik qilgan holda 10-raqamni egalik qilyapti.

“Manchester Yunayted”da 7-raqamli libos – Bekxem va Ronaldu

Erik Kantona davridan beri yettilik “Manchester Yunayted”da o‘zgacha bo‘lib qoldi. Raqamning shonli an’anasini Devid Bekxem va Krishtianu Ronaldu davom ettirdi. Ammo shundan keyin nimadir noto‘g‘ri bo‘ldi: na Maykl Ouyen, na Anxel di Mariya, na Memfis Depay, na Aleksis Sanches bosimga dosh bera oldi. 7-raqam ostida Antonio Valensiya va Edinson Kavani ham o‘ynadi, ammo ular “Manchester Yunayted” afsonalari darajasiga yetisha olishmadi. 2021 yil sentyabridan boshlab Krish o‘zining sevimli raqamini qaytarib oldi va joriy mavsumda jamoa to‘purari bo‘ldi.

“Milan”da 7-raqamli libos – Shevchenko – Kastilyexo

Andriy Shevchenkodan keyin Rikardo Oliveyra, Aleshandre Pato, Robinyo, Jeremi Menez, Luis Adriano, Jerar Deulofeu va Nikola Kalinich yettinchi raqamda o‘ynadi. “Rossonerilar” safida yaxshi segmentni taqdim eta olganlar orasida faqat Pato ajralib turadi. Endi “Milan”da yettilikni o‘tgan mavsumda 122 daqiqa o‘ynagan ispaniyalik Samuel Kastilyexo egallab turibdi.

“Milan”da 22-raqamli libos – Kaka va Lazetich

Futboldagi 22-raqamni eng ommabop deb atash qiyin, ammo Kaka uni timsolga aylantira oldi. To‘g‘ri, 2008 yilda u ketganidan so‘ng, raqamning o‘rinbosarlaridan hech biri “Milan”ning muhim qismiga aylana olmadi. Marko Borriyello, Bruno Montelongo, Antonio Nocerino, Boyan Krkich, Alessio Cherchi, Gabriel va Mateo Musakkiolar qanday faoliyat olib borganini bilish uchun, ularning muvaffaqqiyatsiz faoliyatidan ham ma’lum. Endilikda Milanda 22-raqamli futbolchi A seriyada bir daqiqa ham o‘yin o‘tkazmagan serbiyalik 18 yoshli hujumchi Marko Lazetich bo‘ldi.

“Inter”da 9-raqamli libos – Ronaldo va Jeko

9-raqamli Ronaldu “Inter”da shov-shuv ko‘tara oldi, biroq uning o‘rinbosarlari ham munosib tarzda ushbu raqam ostida yaxshi o‘yinlar namoyish etishdi: Ernan Krespo, Xulio Kruz, Samuel Eto’o, Diyego Forlan, Mauro Ikardi, Romelu Lukaku. Hozirda klubda to‘qqizinchi raqam ostida o‘ynaydigan Edin Jeko ulardan ko‘ra kamroq hurmat qilinadigan hujumchi hisoblanadi.

“Real Madrid”da 9-raqamli libos – Figu va Modrich

Luish Figu uch mavsum davomida Madridda faoliyat yuritgan Robinyo uchun “Real”ning 10-raqamli libosini qoldirdi. Keyin o‘ninchi raqam ostida Uesli Sneyder, Lassana Diarra, Mesut Ozil va Xames Rodriges o‘ynadi. 2017/18 yilgi mavsumdan boshlab Luka Modrich “Qirollik klubi” uchun u qadar muhim bo‘lmagan raqamni o‘ziga oldi. Hozirda bu libosda Modrichdan ko‘ra munosibroq nomzodni tasavvur qilish qiyin.

“Real Madrid”da 5-raqamli libos – Zidan va Valyexo

Zidandan so‘ng Fabio Kannavaro, Fernando Gago, Nuri Shahin, Fabiu Koyentrau va Rafael Varan “Real Madrid”da beshinchi raqam ostida to‘p tepdi. 2021/22 yilgi mavsumdan himoyachi Xesus Valexoga 5-raqam tushirilgan futbolka ishonib topshirildi. Jamoa uning kelajak futbolchisi bo‘la olishiga ishonadi.

“Barselona”da 10-raqamli libos – Ronaldinyo va Ansu Fati

“Barsa”da 10-raqam Ronaldinyodan so‘ng bor-yo‘g‘i ikkita futbolchiga nasib etgan va siz ulardan birini yaxshi bilasiz. Leo Messi Kataloniya klubida ushbu raqamni yanada yorqinroq qilishga muvaffaq bo‘ldi – bu libosni ulug‘lash missiyasi haligacha surunkali jarohatlardan xalos bo‘lolmagan iqtidorli shogird Ansu Fatiga qoldirildi.

“Liverpul”da 8-raqamli libos – Jerrard va Nabi Keyta

Stiven Jerrard klubni tark etganidan keyin “Liverpul”da 8-raqamning ko‘lami shunchalik katta ediki, hech kim uni besh yil davomida olishga jur’at eta olmadi. Faqat 2018 yilda Nabi Keyta sakkizlikni tanlashga qaror qildi, ammo hozircha uning klubda qolishi haqida ham bir qancha savollar mavjud.

“Chelsi”da 8-raqamli libos – Lempard va Kovachich

Frenk Lempard “Chelsi”dan ketganidan so‘ng, braziliyalik Oskar 8-raqamli libosni kiyib, ikki mavsum yugurdi. Keyin Ross Barkli unda uch mavsum davomida harakat qildi va 2020/21 yilgi mavsum boshidan beri Mateo Kovachich sakkizlik an’anasini davom ettirdi – bu “Chelsi” tizimining juda muhim qismi hisoblanadi. Chunki, “Stemford Bridj” Lempard kabi yetakchiga muhtoj.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 19:00, 20.06.2022.
O'qildi: 8156 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.