Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Ronalduning mashinasi avtohalokatga uchrab, gaz ballonlar o‘rnatilgan kabinaga borib urildi

Ronalduning mashinasi avtohalokatga uchrab, gaz ballonlar o‘rnatilgan kabinaga borib urildi

Baho:
+ | -1

Malyorka fuqarolik gvardiyasi "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduga tegishli hashamatli Bugatti sportkarining haydovchisi kimligini tekshirmoqda.

Ispaniyaning Marca nashri xabariga ko‘ra, Malyorka provinsiyasida avtomobil yo‘ldan chiqib ketib, devor bilan to‘qnashib ketgan. Hodisalar bugun, 20 iyun kuni ertalab mahalliy vaqt bilan soat 12 lar atrofida sodir bo‘lgan.

Manbaning xabariga ko‘ra, qiymati ikki million yevro bo‘lgan Bugatti avtomobilida bo‘lgan odamlar voqea joyini tark etgan. Biroq, keyinroq ularning nomidan bir kishi kelib, sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Baxtsiz hodisa Sa Koma qishlog‘ida gaz ballonlari saqlanadigan yo‘lga tutashgan binoga moddiy zarar yetkazdi. Ba’zi manbalar mashinani futbolchi emas, balki uning xodimi boshqarganini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli Ronaldu ayni kunlarda Malyorkada rafiqasi va bolalari bilan dam olmoqda.

Kiritildi: 23:08, 20.06.2022.
O'qildi: 8462 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик