Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

«Roma» yangi mavsumga tayyorgarlikni qachon boshlashi ma’lum bo‘ldi

«Roma» yangi mavsumga tayyorgarlikni qachon boshlashi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa chempionatga qadar yaxshi formada bo‘lish uchun yangi mavsum oldidan bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazmoqchi.

Rim jamoasi futbolchilari ta’tildan bahramand bo‘lmoqda. Ba’zilari terma jamoa bilan musobaqalardan endigina qaytgan bo‘lsa, boshqalari Konferensiyalar Ligasidagi g‘alabadan so‘ng darhol ta’tilga chiqqandi. Biroq tez orada yozgi yig‘inlar boshlanadi.

«Roma» uchun yangi mavsum boshlanishiga ikki hafta vaqt qoldi: Trigoriyadagi dastlabki yig‘indan so‘ng 4 iyul kuni jamoa Algarvega uchadi va u yerda 23 iyulga qadar qoladi.

Rimliklar 13, 16 va 19 iyul kunlari ham o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi. Portugaliyadagi yig‘in uchun to‘lov, taxminan, 400 ming yevroga tushadi.

Terma jamoa ixtiyorida bo‘lgan futbolchilar 11 iyuldan jamoaga qo‘shiladi. Asosiy tarkibda bir nechta Primavera futbolchilari bo‘lishi ko‘zda tutilgan, ammo boshqa takliflarni rad etsa, jamoadan alohida mashg‘ulot o‘tkazishga majbur bo‘ladigan Amadu Diavara bo‘lmaydi.

«Roma» Portugaliyadagi yig‘in davomida 4 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi: «Sporting», «Nissa»ga qarshi, keyin esa portugal va ispan jamoalariga qarshi o‘yinlar.

Trigoriyada quyi darajadagi raqiblarga qarshi sinov o‘yinlari rejalashtirgan bo‘lib, chempionat boshlanishidan oldin, taxminan, 9 avgust kuni Italiyada yana bir o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Mourinyo jamoani ligaga yuqori formada tayyor bo‘lishi uchun darhol o‘yinlarni o‘tkazmoqchi.

Avvalroq «Roma» 30 iyul kuni «Tottenhem»ga, 6 avgust kuni «Barselona»ga qarshi o‘yinlar o‘tkazishi ma’lum qilingandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:35, 21.06.2022.
O'qildi: 1561 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.