Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

"Ayaks" "Manchester Yunayted"ga Antoni va Martinesning transferlari bo‘yicha javob qaytardi

"Ayaks" "Manchester Yunayted"ga Antoni va Martinesning transferlari bo‘yicha javob qaytardi

Baho:
+ | -

"Ayaks" "Manchester Yunayted"ga qanot hujumchisi Antoni va himoyachi Lisandro Martinesni sotmasligini aytdi, deb xabar beradi Mirror.

Manbaga ko‘ra, har ikki futbolchi ham Erik ten Xag bosh murabbiy etib tayinlanganidan so‘ng ingliz klubi bilan bog‘langan. Biroq, Niderlandiya klubi o‘z tarkibini saqlab qolishga harakat qilgani uchun faqat bitta futbolchini sotishga tayyor.

O‘tgan mavsumda 24 yoshli Martines barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Argentinalik himoyachining shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

2021/22 yilgi mavsumda Antoni “Ayaks” safida barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Braziliyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 10:17, 22.06.2022.
O'qildi: 3444 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик