Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ruisga da’vogar klublar nomi ma’lum bo‘ldi

Ruisga da’vogar klublar nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Napoli" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi, 26 yoshli Fabian Ruis "Arsenal" yoki "Nyukasl"ga o‘tish ehtimoli katta. Futbolchiga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Correira Dello Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Napoli" o‘z futbolchisi uchun 30 million yevro so‘ramoqda, chunki uning shartnomasi kelasi mavsum oxirida tugaydi.

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta uchun yarim himoyani kuchaytirish yozgi transfer oynasi uchun ustuvor vazifadir. "Nyukasl" esa olti oy oldin Ruis uchun taklif bilan chiqqan edi.

Avvalroq Il Mattino Italiya klubi Ruisni futbolchining A seriyani tark etish istagi tufayli sotuvga qo‘yganidan xabar topgan edi.

2021/2022-yilgi mavsumda Ruis “Napoli” safida barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:41, 22.06.2022.
O'qildi: 1315 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.