"Bavariya" sport direktori Xasan Salixamidjich "Barselona"ning Myunxen jamoasini tark etib, "Kamp Nou"ga o‘tmoqchi bo‘lgan hujumchi Robert Levandovski bo‘yicha yangi taklifi haqida gapirdi.
“Bizning pozisiyamiz aniq: biz Levandovskini sotmoqchi emasmiz, uning shartnomasi tugashiga yana bir yil qoldi. "Barselona"ning yangi taklifi? Men bu haqda o‘ylamayman. Robertning 12 iyul kuni "Bavariya" bilan mashg‘ulotlarga qaytishini intiqlik bilan kutaman", - deya Salixamidjich so‘zlaridan iqtibos keltirgan jurnalist Fabrisio Romano.
Levandovskining o‘zi allaqachon "Bavariya" uchun so‘nggi o‘yinini o‘tkazganini aytdi.