Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

Yunon-rum kurashi: hamyurtimiz Shahzod Ro‘zioxunov o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempioni!

Yunon-rum kurashi: hamyurtimiz Shahzod Ro‘zioxunov o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempioni!

Baho:
+ | -

Shu kunlarda Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha o‘smirlar (U 17) hamda yoshlar (U 23) o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilyapti.

Ayni daqiqalarda yunon-rum kurashi bo‘yicha final bellashuvlari o‘tkazilmoqda va e’tiborga molik jihati, Toyloq olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejining 9-sinf o‘quvchisi Shahzod Ro‘zioxunov Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. 45 kg vazn toifasidagi yunon-rum kurashchimiz hal qiluvchi final uchrashuvida eronlik Farzad Balutakiyni so‘nggi usul evaziga mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqdi.

Valijon Jonxo‘rozov va Farrux Usmonovning shogirdi hisoblangan Shahzod finalga qadar Janubiy koreyalik Xan Ujin (8-0), yaponiyalik Tayga Kishida (6-0), qozog‘istonlik Shingizxan Abdixalimov (3-2)ni mag‘lub eta oldi. Faqat uchinchi davrada finaldagi eronlik raqibiga yutqazib qo‘ygandi. Oltin medal uchun kechgan bellashuvda o‘sha mag‘lubiyat alamini chiroyli tarzda olishni uddaladi.

Biz yosh sportchimizni ushbu ajoyib g‘alaba bilan tabriklaymiz.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 21:05, 22.06.2022.
O'qildi: 1415 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.