Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘FA ishchi guruhi yurtimizda bo‘lib o‘tadigan U20 Osiyo kubogiga tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi

O‘FA ishchi guruhi yurtimizda bo‘lib o‘tadigan U20 Osiyo kubogiga tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi

Baho:
+ | -

Kuni kecha O‘zbekiston mezbonligida U23 Osiyo kubogi musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Mazkur turnir terma jamoalarimiz uchun xalqaro musobaqalarda tajriba orttirishi, yurtimizda futbol infratuzilmasini yaxshilash, o‘zbekistonlik mutaxassislarning xalqaro turnirlar o‘tkazish bo‘yicha tajriba va ko‘nikmalarini oshirish hamda muxlislarga futbol bayramini taqdim etishga xizmat qildi.

Kecha O‘FA Prezidenti Abdusalom Azizov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda OFK tasnifidagi turnirlarni yanada yuqori saviyada o‘tkazish, musobaqalar geografiyasini oshirish yuzasidan bir qator topshiriqlar berildi. Hududlarga Qarshi va Namangan viloyatlari misolida futbol infratuzilmasini bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga mos keltirish vazifasi topshirildi.

O‘FA mutaxassislari kelasi yilning 1-18 mart kunlari yurtimiz maydonlarida o‘tkaziladigan U-20 Osiyo kubogiga tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi.

Shu maqsadda bugun O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoroga tashrif buyurdi. Tashrif davomida viloyatdagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Futbol infratuzilmasi, stadionlar, mashg‘ulot maydonlari hamda delegasiyalar joylashadigan mehmonxonalardagi qulayliklar va xizmat sifati, yashash xonalari va ovqatlanish joylari o‘rganib chiqildi.

Dastlab, Kogon shahridagi «Lokomotiv» futbol maydoni, Buxoro shahridagi «Buxoro» PFK mashg‘ulot bazasi, 3-sonli Bolalar-o‘smirlar futbol maktabi, Buxoro Davlat universiteti futbol maydonlari hamda ayni paytda loyihalashtirilayotgan Buxoro futbol markazi ko‘zdan kechirildi. Mavjud kamchiliklar o‘rganildi.

Bundan tashqari, Buxorodagi «Markaziy» stadioni ham ko‘zdan kechilib, qo‘shimcha kiyinish xonalari tashkil etish, hakamlar, komissarlar hamda boshqa funksional xonalarni OFK standartlariga muvofiqlashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, Buxoro shahrida joylashgan xalqaro talablar asosida xizmat ko‘rsatadigan Sahid Zarafshon, Varaxsha va Garden Plaza mehmonxonalari mavjud qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Tashrif yakunida, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov va Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda U20 Osiyo kubogining bir guruh uchrashuvlarini Buxoro shahrida tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Yurtimizdagi yana bir qator hududlarining U20 Osiyo kubogini qabul qilish imoniyatlari o‘rganib chiqilishi rejalashtirilgan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:26, 22.06.2022.
O'qildi: 4203 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.