Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

“So‘g‘diyona” Dushanbeda ilk mashg‘ulotlarni o‘tkazdi

“So‘g‘diyona” Dushanbeda ilk mashg‘ulotlarni o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahriga uchib ketgan Jizzaxning “So‘g‘diyona” professional futbol klubi (PFK) “Rumi Hotel Dushanbe” mehmonxonasiga joylashdi.

Ulug‘bek Baqoyev bosh murabbiyligidagi “So‘g‘diyona” futbol jamoasi qo‘shni respublikada o‘tadigan “OFK kubogi-2022” guruh bosqichida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Jizzaxliklar “E” guruhida pley-off bosqichiga beriladigan yagona yo‘llanma uchun bahs olib boradi.

“So‘g‘diyona” futbolchilari kechaning o‘zida musobaqalar o‘tadigan Dushanbe shahridagi sun’iy qoplamali maydonda ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, “So‘g‘diyona” guruhdagi ilk bahsni 24 iyun kuni soat 19:00 da Qirg‘iziston Respublikasining “Neftchi” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Oradan 3 kun o‘tib, ya’ni 27 iyun kuni soat 22:00 da Tojikistonning SSKAsiga qarshi maydonga chiqsa, yana 3 kundan keyin – 30 iyun kuni Turkmanistonning “Altin asir” jamoasi bilan uchrashadi.

Manba: ЎЗА
Kiritildi: 10:59, 23.06.2022.
O'qildi: 1361 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик