Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" Neymarni 50 million yevroga sotib olishi mumkin

"Barselona" Neymarni 50 million yevroga sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

"Barselona"ga "PSJ" hujumchisi Neymarni 50 million yevro evaziga sotib olish taklifi tushdi, deb xabar beradi telekanali.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubiga "PSJ"dan vositachilar qo‘ng‘iroq qilishgan.

Qayd etilishicha, "Barselona"ga Parij klubi bilan muzokaralarda muammo bo‘lmasligi va’da qilingan.

Shu bilan birga, 30 yoshli braziliyalik futbolchining o‘zi ham "Barsa"ga qaytishdan xursand bo‘lardi. Bu hujumchi ketishga tayyor bo‘lgan yagona klub.

Biroq hozir kataloniyaliklar Neymarni qo‘lga kiritish variantini ko‘rib chiqmayapti, chunki ular bor e’tiborini "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski transferiga qaratgan.

Neymar o‘tgan mavsumda parijliklar safida barcha musobaqalarda 28 o‘yinda 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 14:58, 23.06.2022.
O'qildi: 2483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.