Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Granovskaya endi ortiqcha-mi?

Granovskaya endi ortiqcha-mi?

Baho:
+ | -

Yevropaning eng yaxshi menejerlaridan biri hisoblangan Marina Granovskaya «Chelsini» tark etmoqda.

Bu haqda Angliyaning yetakchi OAVlari xabar berdi. May oyida klubning yangi xo‘jayinlari uni yuksak qadrlashlari va olib qolmoqchi ekanliklari aytilgandi. Endi esa...

20 yil muddat «Chelsi» rahbariyatiga ishlagan Bryus Bakning klub direktorlar kengashi raisligini tark etishi ham Granovskayaning qaroriga ta’sir o‘tkazgan. The Guardian xabariga ko‘ra, yangi xo‘jayin Todd Bouli raislikni o‘zi egallashga moyil, Lukakuning «Inter»ga ijaraga berilishi bilan aynan u shug‘ullanmoqchi.

Granovskaya 2010 yildan Abramovichning ishonchli vakiliga aylangan, 2013 yildan esa «Chelsi» direktorlar kengashiga kirgandi. Besh yil o‘tib, Forbes uni xalqaro sportdagi eng obro‘li ayol deb tan oldi. 2021 yilda Tuttosport Marinani Yevropadagi eng yaxshi futbol menejeri sifatida e’tirof etdi. Bularning bari Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyat fonida yuz berdi. O‘tgan yilgi transferlar o‘zini oqlamagan bo‘lsada, Granovskayaning «Chelsi»dagi faoliyatini faqat ijobiy baholash mumkin. Xarajatlar va sovrinlar nisbati investisiyalar o‘zini oqlaganini ko‘rsatmoqda. 

Endi Marina qayerga boradi? Uning Rossiya top-klublaridan birida ish boshlash varianti haqida gapirildi. Ammo uning RPL jamoasida paydo bo‘lishi imkonsizdek tuyulmoqda. Garnovskaya Mourinyoni «Chelsi»ga qaytargan, Terrini esa klub shartlari asosida kelishuvni yangilashga ko‘ndirgandi. Bunday mutaxassis futbolchi va murabbiyni ogohlantirmay, transferni amalga oshiradigan, klub direktori o‘rindiqda o‘tirib, murabbiyga ko‘rsatma beradigan, liga translyasiyasi uchun tenderi yo‘q ligada ishlay olarmikan? 

Hozirgi maqomi va aloqalari bilan Marina APLning o‘zidan ish topishda qiynalmaydi. Garchi uni «Chelsi»dan boshqa yerda tasavvur qilish qiyin bo‘lsa ham. Qolaversa, avvalgidek unga 100 foiz ishonadigan klubga boradi. Umuman, Granovskaya katta ehtimol bilan Abramovichning yangi jamoasiga boradi. Hozircha rossiyalik oligarxning Ispaniya «Valensiya»si hamda Turkiya «Gyoztepa»sini sotib olishi haqidagi xabarlar feykligicha qolmoqda.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:15, 23.06.2022.
O'qildi: 1302 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.