Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

“CHelsi”ning la’natlangan to‘qqizligi

“CHelsi”ning la’natlangan to‘qqizligi

Baho:
+ | -1

Klubda 20 yildan beri 9-raqamda o‘ynaydigan futbolchilarning o‘yini chiqmayapti. Shu vaqt mobaynida London klubida kimlar aynan ushbu raqamda harakat qilishga ulgurdi.

Ernan Krespo (2003/2004)

Faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida Krespo "Chelsi"ga o‘tdi, lekin hech qachon klub yetakchisiga aylana olmadi. Ernan yaxshi gollar urdi, ammo jamoaga kelgan Joze Mourinyoga u kerak bo‘lmadi va ijaraga ketishga majbur bo‘ldi.

Mateya Kezman (2004/2005)

Kezman “Chelsi” bilan 41 o‘yinda atigi 7 ta gol urgan. Ammo Mateya klubga juda istiqbolli hujumchi maqomida o‘tgandi.

Xolid Bulahruz (2006/2007)

Bulahruz himoyachi pozisiyasiga xos bo‘lmagan 9-raqamni tanladi va klubda muvaffaqiyatga erisha olmadi: tizzasidan olgan jarohati tufayli ko‘p uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi, keyin esa unga pul tikishmadi.

Stiv Sidvell (2007/2008)

Bu yarim himoyachi Bulahruz ijaraga ketganidan so‘ng darhol 9-raqamni egalladi va "Chelsi"da muvaffaqiyat qozona olmadi. U asosan zaxiradan maydonga tushdi va chempionatda birorta ham gol urmadi.

Franko Di Santo (2008–2010)

Keyingi la’natlangan futbolchi Franko Di Santo bo‘ldi. O‘yinchi mavsum davomida “Chelsi”da birorta ham gol urmadi, keyin esa o‘yin amaliyoti uchun ijaraga ketishga majbur bo‘ldi.

Fernando Torres (2011–2015)

Torresga 50 million yevro to‘langan, ammo bu transfer muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Klubda Fernando Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida g‘olib chiqdi, ammo u kam gol urdi va jamoaning muhim qismiga aylana olmadi.

Radamel Falkao (2015/2016)

Bir mavsum davomida Falkao keyingi sotib olish huquqi bilan "Chelsi"ga ijaraga o‘tdi, ammo jamoaning asosiy tarkibiga kira olmadi.

Alvaro Morata (2017–2020)

Yangi rol va yangi sharoitlar Morataga "Chelsi"da muvaffaqiyatli o‘ynashga imkon bermadi. Hatto tug‘ilgan kuni sharafiga la’natlangan raqamni 29 ga o‘zgartirish unga ham yordam bermadi.

Gonsalo Iguain (2019)

Iguain "Chelsi"da atigi olti oy ijarada o‘ynadi: shartnoma sotib olish opsiyasi bilan tuzilgan. Ammo Gonsalo Londonda ajralib turmadi va iyul oyida ketdi.

Romelu Lukaku (2021 yildan hozirgacha)

Bir yil oldin Lukaku "Chelsi"da to‘qqizinchi raqamni oldi, ammo bu unga baxt keltirmadi. Angliya chempionatida bir mavsumda atigi sakkizta gol, murabbiy bilan janjal va natijada "Inter"ga qaytib ketishi mumkin.

Kiritildi: 16:38, 23.06.2022.
O'qildi: 2537 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.