"PSJ" futbolchisi Ander Errera jamoadoshi Marko Verratti haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U italiyalikning darajasini Xavi va Inestaning saviyasi bilan solishtirdi.
"Verratti - men bilan birga o‘ynagan eng yaxshi yarim himoyachi. Lekin Tiago, Pogba va albatta Bastian Shvaynshtayger kabi ustalar bilan o‘ynash tajribam ham bor. Ammo men Verrattini Xavi va Inyesta bilan bir xil darajaga qo‘ygan bo‘lardim", - dedi Errera.













