"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe kelasi mavsumdagi maqsadlarini aytdi. Hujumchi Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni va Parij klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishni xohlashini aytdi.
“Chempionlar ligasi – asosiy maqsad. Biz oldinda uzoq yo‘l borligini bilamiz. "PSJ" tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishni ham istardim, bu sodir bo‘lishi mumkin. Agar buni uddalay olsam, aql bovar ish qilmaydigan bo‘ladi”, - dedi Mbappe BFM TV telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe yaqinda "PSJ" bilan shartnomasini uch yilga uzaytirib, "Real"ga tekinga o‘tish taklifini rad etgandi.