"Chelsi" yozda yirik xaridni amalga oshirishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays "Chelsi" futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqida insayder Din Jons xabar qildi.
U London klubining yangi egasi Todd Byoli o‘z ishini Raysni xarid qilishdan boshlashiga ishora qiladi. Ayni damda "bolg‘achilar" o‘z futbolchisini 150 million funtga baholamoqda.