Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Pro-Liga doirasidagi o‘yinda hakamlarning bahsli qarori ommaviy tortishuvga sabab bo‘ldi

Pro-Liga doirasidagi o‘yinda hakamlarning bahsli qarori ommaviy tortishuvga sabab bo‘ldi

Baho:
+ | -

Pro-Liga 13-turi doirasida 23 iyun kuni bo‘lib o‘tgan «Xorazm» va «Mash’al» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda (1:1) bahsli holat kuzatildi.

Uchrashuvning 81-daqiqasida mezbonlar tashkil etgan hujumdan keyin Temur Bekjanov darvozani ishg‘ol qilib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi. Uchrashuv bosh hakami Doston Rahmonov gol bo‘lganini qayd etib, maydon markazini ko‘rsatdi. O‘z navbatida bu qarorga yon hakam ham e’tiroz bildirmadi.

Goldan keyin «Mash’al» futbolchilari bosh hakamga, murabbiylar shtabi esa yon hakam Aleksandr Burovga keskin e’tiroz bildirdi. Ushbu e’tirozlardan keyin bosh hakam yordamchisi bilan maslahatlashdi va golni bekor qildi. Qayd etish kerak, uchrashuvda VAR tizimi yo‘q edi.

O‘z navbatida hakamning bahsli qarori «Xorazm» futbolchilari va murabbiylar shtabining keskin reaksiyasiga sabab bo‘ldi. Futbolchilar avvaliga bosh hakam, keyinchalik laynsmendan holatga izoh talab qildi.

Shuningdek, «Xorazm» murabbiylari yon hakamga keskin e’tiroz bildirayotgan vaqtda ikki jamoa vakillari o‘rtasida ommaviy tortishuv yuzaga keldi. Tortishuvli holat sakkiz daqiqa davom etdi. Yakunda hakamlar o‘z qarorini o‘zgartirmadi, gol inobatga olinmadi.

«Xorazm» ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning 9-daqiqasida gol urdi va o‘yin 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:00, 24.06.2022.
O'qildi: 2999 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.