Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Sport kurashlari. Keunimjayeva qit’a chempioni, yana ikki qizimizda bronza

Sport kurashlari. Keunimjayeva qit’a chempioni, yana ikki qizimizda bronza

Baho:
+ | -

Bishkek shahrida (Qirg‘iziston) sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar (U17) va yoshlar (U23) o‘rtasida Osiyo chempionati qizg‘in pallada. Bugun 23 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Quvonarlisi, ayollar kurashi musobaqasida hamyurtimiz Aktenge Keunimjayeva (-53 kg) barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioniga aylandi. Hamyurtimiz oltin medal yo‘lida qozog‘istonlik Ellada Maxyaddinova, hindistonlik Antim Antim, qirg‘izistonlik Ayjan Sabirbek qizi hamda mo‘g‘ulistonlik Hulan Batxuyagdan ustun keldi.

Shuningdek, aylana tizimida o‘tgan o‘z vazn toifasidagi bellashuvlarda Azoda Esbergenova (-68 kg) hamda Dinora Rustamova (-65 kg) bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 23:30, 25.06.2022.
O'qildi: 1297 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик