Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Amin Subhoniy: «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘yinda muxlislarni quvontirish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilamiz»

Amin Subhoniy: «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘yinda muxlislarni quvontirish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilamiz»

Baho:
+ | -

Dushanbening SSKA klubi bosh murabbiyi Amin Subhoniy OFK kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan «So‘g‘diyona»ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Shuningdek, klub himoyachisi Sergey Doronin ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Amin Subhoniy: «So‘g‘diyona» –O‘zbekiston chempionatining kuchli jamoalaridan biri va ayni paytda Superliga jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Biz bu jamoaning "Neftchi"ga qarshi bahsini diqqat bilan tahlil qildik. Bu jamoaga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatishga tayyormiz. SSKAda jamoaviy ruh bor. Biz yosh jamoamiz, ammo raqiblarimiz uchun kuchli klubga aylanishimiz mumkin. Muxlislar bizdan ertangi o‘yinda g‘alaba kutishmoqda. Ularni xursand qilish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Birinchi o‘yinda bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Keyingi o‘yinlarda ham ularni stadionga taklif qilaman. Shunda futbolchilarimiz qo‘llab-quvvatlashni his qilib, o‘zlaridagi ishonch yuqori bo‘ladi».

Sergey Doronin: «Biz ijobiy natija uchun harakat qilamiz. Ushbu musobaqa har bir futbolchi uchun muhim ahamiyatga ega. Ertangi o‘yinga jiddiy yondoshib, muvaffaqiyatga erishishga umid qilyapmiz. Birinchi ucharshuvda bizni qo‘llab-quvvatlab turganlarning barchasiga minnatdorchilik bildiraman. Biz sizlarni ko‘rdik, eshitdik va his etdik. «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘yinda ham barchani stadionda kutib qolamiz. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz bizga zarur. Biz siz uchun o‘ynaymiz».

Kiritildi: 15:31, 26.06.2022.
O'qildi: 3775 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.