Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Neymar “PSJ”dan ketmoqchi, u klub prezidentidan norozi

Neymar “PSJ”dan ketmoqchi, u klub prezidentidan norozi

Baho:
+ | -

“Pari Sen-Jermen” klubi hujumchisi Neymar jamoani tark etish haqida jiddiy o‘ylamoqda. 30 yoshli braziliyalik futbolchi klub prezidenti Nosir Al-Xelayfidan norozi bo‘lgani uchun parijliklar lagerini tark etmoqchi. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.

Manbaning qayd etishicha, Neymarga Al-Xelayfiyning matbuotdagi so‘nggi bayonotlari yoqmagan. “PSJ” prezidenti Neymarning ketishi mumkinligi haqidagi savolga, istisnosiz barcha futbolchilardan o‘tgan mavsumga qaraganda ko‘proq fidoyilik kutishini aytgan. Shundan so‘ng, braziliyalik hujumchi klub uni qadrlamasligiga ishonch hosil qilgan. U, shuningdek, o‘zini jamoa yetakchisi sifatida his qilishni xohlaydi.

Avvalroq, “PSJ” yozgi transfer oynasida futbolchilar maoshlarini tushirishni rejalashtirayotgani va bir nechta o‘yinchilardan qutulishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bir mavsum uchun taxminan 50 million yevro maosh oladigan Neymar ketishga asosiy nomzodlardan biri.

Eslatib o‘tish mumkin, 30 yoshli Neymar 2017 yildan beri “PSJ”da o‘ynab keladi va “Barselona”dan 222 million yevro evaziga xarid qilingan. Bu transfer jahon futbolida sarflangan mablag‘ bo‘yicha rekord ko‘rsatkich bo‘lib qolmoqda. Neymarning parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 19:05, 26.06.2022.
O'qildi: 4759 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.