Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dembele "Chelsi" taklif qilgan maoshdan norozi bo‘ldi

Dembele "Chelsi" taklif qilgan maoshdan norozi bo‘ldi

Baho:
+ | -

Fransiyalik futbolchi Usmon Dembele yozda "Chelsi"ga o‘tmaydi.

Sport.es nashri xabariga ko‘ra, 25 yoshli fransiyalik futbolchi London jamoasida unga taklif qilingan maoshdan norozi bo‘lgan, garchi Dembele vakillari anchadan beri "Chelsi" bilan muzokara olib borishgan bo‘lsa ham. Futbolchining o‘zi "Barselona"da qolishni istamoqda, ammo fransiyalik futbolchi hozircha kataloniyaliklar bilan kelisha olmayapti.

Usmon Dembele o‘tgan mavsumda "Barselona" tarkibida 21 o‘yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi bitta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" Dembelega yiliga 8 million yevro maosh taklif qilayotgani haqida xabar bergandik.

Kiritildi: 22:01, 26.06.2022.
O'qildi: 5766 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик