Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Luisma Ernandes: «O‘zbekiston U23 terma jamoasining Olimpiadaga chiqishiga ishonaman»

Luisma Ernandes: «O‘zbekiston U23 terma jamoasining Olimpiadaga chiqishiga ishonaman»

Baho:
+ | -

Superliga 11-turidan o‘rin olgan "Metallurg" – "Olimpik" (1:1) o‘yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— O‘yin haqida.
— Birinchi taymda ob-havo juda issiq edi. Shuning uchun har ikki jamoa o‘yinga kirishib ketishda qiyinchilikka uchradi. Ikkinchi taymda ancha hujumkor o‘ynashga qaror qildik. Bizda talaygina imkoniyatlar bo‘ldi, lekin ulardan unumli foydalana olmadik. Umuman olganda, o‘yinchilarimiz harakatidan mamnunman.

— To‘p nazorati va imkoniyatlar yaratishda "Metallurg" imkoniyatni raqibga boy berdi. Bu haqda qanday fikrdasiz?
— "Olimpik" juda yosh futbolchilardan iborat shiddatli jamoa. Shundan kelib chiqib to‘p ularda bo‘lgan vaziyatda himoyaga urg‘u qaratdik va qarshi hujumda harakatlanishga urindik.

— "Metallurg" ketma-ket ikkinchi uchrashuvda nursiz durang qayd etmoqda, biroq har ikki bahsda gollik imkoniyatlar bo‘ldi. Ulardan foydalanishda shogirdlaringizga nima yetishmayapti?
— Murabbiy sifatida aytadigan bo‘lsam, men himoyada va hujumda qanday o‘ynashni ishlab chiqaman. Ammo siz aytgandek, vaziyatlarni yaratsak-da, gol urolmayapmiz. Bizga xotirjamlik va sovuqqonlik yetishmayapti. Yozgi transfer vaqtida ba’zi bir transferlarga qo‘l uramiz. Keyingi o‘yinlarda gol uramiz degan umiddaman.

— Chet ellik murabbiy sifatida Timur Kapadze boshchiligidagi U-23 terma jamoamizning Olimpiadaga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
— "Olimpik" jamoasini o‘tgan yildan buyon bilamiz. Chempionatdagi va U-23 Osiyo Kubogidagi o‘yinlarini ko‘rib bordik. Jamoa – yosh va kuchga to‘la. Bundan keyin ham xuddi bugungidek o‘ynashda davom etsa, Olimpiaga yo‘l olishi va g‘alaba qozonishi mumkin.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 23:16, 26.06.2022.
O'qildi: 2310 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик