Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Krishtianu Ronaldu qatorasiga 16 mavsumdan buyon klubning bosh goleadori

Krishtianu Ronaldu qatorasiga 16 mavsumdan buyon klubning bosh goleadori

Baho:
+3 | -

Krishtianu Ronalduning barqarorlik siri nima?

37 yoshli Krishtianu Ronaldu yakunlangan mavsum ham o‘z klubining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Portugaliyalik yulduz qaysi chempionatda o‘ynamasin, ketma-ket 16 mavsumdan buyon barcha turnirlar hisobidan jamoasi-da gol urish masalasida bayroqdorlikni birovga berayotgani yo‘q. Ha, u bu safar nisbatan kamroq gol bilan cheklandi. Harqalay, ushbu ajib seriya boshlangan mavsum-2006|2007ni hisobga olmaganda, qolganlarida har safar 24tadan ko‘p gol yiqqandi. Qiziq, Krishning barqarorligida qanday sir bor?

Sir bor, albatta. Bu - Krishtianuning sakrovchanlik qobiliyati. Portugaliyalik yulduz «Yuventus»da «Sampdoriya»ga qarshi o‘yinda 256 santimetr balandlikdagi to‘pni darvozaga yo‘llaganida, hamma aqldan ozgandi, go‘yo. O‘shanda qiziquvchan fanatlar hattoki, ko‘chada to‘pni 2,56 metr balandlikka qo‘yib, unga sakrash orqali teginishga urinib ko‘rishgan, ammo... Tabiiyki, Ronalduning sakrovchanlik qobiliyati muayyan mashqlar samarasidir.

Jismoniy salohiyat. 2011 yili suratga olingan Ronaldo: Test to the Limit hujjatli filmida sport yo‘nalishi olimlari zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, Ronalduning tezligi, jismoniy quvvati va sharoitga tez moslashishini obdon tahlil qilishdi. Asosiy xulosa: Krishtianu organizmidagi yog‘ miqdori odatiy me’yordan 3 foiz kam. U aqlga sig‘mas son aylanasi (61,7 sm.) evaziga 25 metr masofani 3,61 soniyada bosib o‘tgan (professional sprinter natijasi - 3,58 soniya). Aynan baquvvat oyoqlar yuqori sakrashni ta’minlaydi. Ta’kidlanishicha, Ronaldu «MYU»dagi birinchi davridanoq sakrovchanlik qobiliyatini rivojlantirish uchun boldir va son mushaklariga qaratilgan maxsus mashqlarga alohida e’tibor qarata boshlagan. Xususan, maxsus tebranma stuldan foydalangan. Tana mushaklarining ideal holatga keltirilgani havoda bir muddat muvozanatni saqlab turishini ham ta’minlaydi.

Texnik salohiyat. Ronaldu odatda to‘pga raqibidan nisbatan kechroq sakraydi va bunda tizzalarini imkon qadar bukadi. Bu - sakrash ilmi. Ma’lum bo‘lishicha, bukilgan tizza havoda bir muddat muallaq turishga yordam beradi. NBA basketbolchilari ham xuddi shu sakrash texnikasidan keng foydalanishadi. Shuningdek, sakrash payti to‘g‘ri pozisiya tanlash muhim. Krish «ikkinchi qavat» kurashiga qanday kirishish masalasiga ham ilmiy nazariya asosida yondashadi.

Tiklanish salohiyati. To‘g‘ri tiklanish — tananing jismoniy salohiyatini uzoq vaqt bir xil ushlab turishning asosiy sharti. Krishtia­nu har bir o‘yin yoki og‘ir mashg‘ulotdan so‘ng tana mushaklarini tabiiy holatga keltirish uchun basseynda maxsus dastur asosida ishlashdan erinmaydi. U shuningdek, zo‘riqishlardan vaqtida qutulishda 60 ming yevroga xarid qilingan krioterapev kameradan ham foydalanadi.

Krishtianu Ronaldu oxirgi 16 mavsumda o‘z klubining to‘purarlari poygasida

2006|2007 («MYU»): Krishtianu Ronaldu - 23ta; Ueyn Runi - 23ta; Lui Saa - 13ta

2007|2008 («MYU»): Krishtianu Ronaldu - 42ta; Karlos Teves - 19ta; Ueyn Runi - 18ta

2008|2009 («MYU»): Krishtianu Ronaldu - 26ta; Ueyn Runi - 20ta; Karlos Teves - 15ta

2009|2010 («Real»): Krishtianu Ronaldu - 34ta; Gonsalo Iguain - 29ta; Karim Benzema va Kaka - 9tadan

2010|2011 («Real»): Krishtianu Ronaldu - 53ta; Karim Benzema - 26ta; Gonsalo Iguain - 13ta

2011|2012 («Real»): Krishtianu Ronaldu - 60ta; Karim Benzema - 32ta; Gonsalo Iguain - 26ta

2012|2013 («Real»): Krishtianu Ronaldu - 55ta; Karim Benzema - 20ta; Gonsalo Iguain - 18ta

2013|2014 («Real»): Krishtianu Ronaldu - 51ta; Karim Benzema - 24ta; Garet Beyl - 22ta

2014|2015 («Real»): Krishtianu Ronaldu - 61ta; Karim Benzema - 22ta; Garet Beyl - 17ta

2015|2016 («Real»): Krishtianu Ronaldu - 51ta; Karim Benzema - 28ta; Garet Beyl - 19ta

2016|2017 («Real»): Krishtianu Ronaldu - 42ta; Alvaro Morata - 20ta; Karim Benzema - 19ta

2017|2018 («Real»): Krishtianu Ronaldu - 44ta; Garet Beyl - 21ta; Karim Benzema - 12ta

2018|2019 («Yuventus»): Krishtianu Ronaldu - 28ta; Paulo Dibala - 10ta; Mario Manjukich - 10ta

2019|2020 («Yuventus»): Krishtianu Ronaldu - 37ta; Paulo Dibala - 17ta; Gonsalo Iguain - 11ta

2020|2021 («Yuventus»): Krishtianu Ronaldu - 36ta; Alvaro Morata - 20ta; Federiko Kyeza - 14ta 

2021|2022 («MYU»): Krishtianu Ronaldu - 24ta; Brunu Fernandesh - 10ta; Jeydon Sancho va Markus Reshford - 5tadan

A.abduvalixo‘jayev tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:00, 27.06.2022.
O'qildi: 3602 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.