Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

“Manchester Yunayted” – iste’dodlar qabristoni

“Manchester Yunayted” – iste’dodlar qabristoni

Baho:
+ | -

Ser Aleks Fergyuson “Manchester Yunayted”da barcha ishni to‘g‘ri bajardi va istalgan musobaqada g‘alaba qozondi. Bekxem, Skoulz va Giggzlar avlodi Fergi yaratgan tizimning mevalari hisoblanadi. Keyinchalik Evra, Vidich, Runi va Ronaldular “MYU”da yangi qiyofada paydo bo‘ldi. Klub yana Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Mourinyoning Yevropa Ligasidagi muvaffaqiyati yangi davrni boshlab bera olmadi va endi Gari Nevill sevimli klubini “iste’dodlar qabristoni” deb atay boshladi.

Bu faqat so‘nggi yillardagi transferlar haqidagi fikr emas. Vudvord uzoq vaqt boshqargan klub asta-sekin inqirozga yuz tutmoqda. Mourinyoning ko‘p yillar oldin jamoa va uning menejerlari haqida aytganlari esa, o‘z tasdig‘ini topmoqda. O‘shanda guvohlarning so‘zlariga ko‘ra Joze Pogba bilan bo‘lgan janjallarning birida quyidagilarni aytgan:

“To‘g‘ri o‘ynay olmaysan, jamoadoshlarni, muxlislarni hurmat qilmaysan. Atrofingdagi go‘zal va halol odamlarning mentalitetini o‘ldirma. Sizlar yopiq xonada gripp bilan kasallangan odamga o‘xshaysiz va bu virusni boshqalarga yuqtirasiz”.

“Manchester Yunayted”da mas’uliyatsiz odamlar yetarli edi. Mourinyo aytganidek, aniq simptomlar bilan ofisga borib, boshqalarga kasallik yuqtiradigan ishchilar. Biroq, futbolda faqat o‘yinchini ayblab bo‘lmaydi, chunki mas’uliyatsizlik – sportchilar orasida odatiy holat. Bir paytlar Fergyuson Runi o‘zini anglamas holda mast bo‘lmasligi uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qilgan, Ronaldu esa tungi sarguzashtlar o‘rniga sport zalida ishlashga yo‘naltirildi. “Manchester Yunayted” chempionlarni yaratdi va har doim Jorj Best kabi aqldan ozganlarni bir maromda ushlab turdi. Biroq endi hamma narsa boshqacha.

2015/16 yilgi mavsum

Antoni Marsyal “yangi Anri” bo‘la olmadi. Balki boshqa klubda fransiyalik futbolchining faoliyati yaxshiroq bo‘lardi. “MYU” yosh qanot hujumchisi uchun 60 million yevro to‘ladi, oradan yillar o‘tib 26 yoshli futbolchi to‘rt barobar arzonlashdi, o‘yin esa o‘sgani yo‘q. Memfis Depay Manchesterda o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish eta olmadi, u ham vaqt yo‘qotdi. Qolaversa, Marsyal ham, Depay ham “Manchester Yunayted” formatidagi futbolchilar hisoblangan.

Albatta, Krishtianu va Ueynga yordam berish uchun Bebe va Obertan kabi futbolchilar bor edi. Lekin, birinchidan, Fergyuson ko‘ngilli emas va bu normal holat, ikkinchidan, u omadsiz transferlar uchun “Manchester Yunayted” keyinchalik Di Mariya uchun to‘lagan millionlarni sarflashni yoqtirmagan – ingliz tajribasi. Aytishlaricha, Di Mariya bilan bog‘liq xatti-harakatlar “Yuventus”ga ham yoqmagan. Iqtidorlar bilan ishlayotganda ularni o‘z o‘rniga qo‘ya bilish kerak, ammo “Manchester Yunayted”da buni unutib qo‘yishgan.

2016/17 yilgi mavsum

Pol Pogba uchun juda ko‘p pul sarflandi (105 million yevro), lekin uni “Manchester Yunayted”da qabul qila olishmadi. U sobiq klubiga “Yuventus”dan qaytib kelgan edi hamda yo‘qotilgan vaqt, klub sovrinlari uchun imkoniyat boy berildi. Sarflangan pullar havoga uchdi. “Talantlar qabristoni” Erik Bayi uchun ham halokatli joyga aylandi. U yosh himoyachi sifatida keldi va endi jamoa uchun keraksiz.

2017/18 yilgi mavsum

Lukaku “Manchester Yunayted”ga kelganida atigi 24 yoshda edi. Romeluga ko‘p pul to‘lashdi. Ammo u Milan shahrida chempion bo‘lgani kabi “MYU”da buni uddalay olmadi. Hujumchi Manchesterda o‘zini qulay his qilmadi va iqtidorini to‘liq ko‘rsatib berolmadi. Bundan tashqari, Lindelyofning hikoyasi “Manchester Siti”dagi Diash yoki “Liverpul”dagi van Deykning ssenariysiga umuman teskari. “Benfika”ning umidli himoyachisi APLning eng yaxshilaridan biriga aylana olmadi. Shvesiyalik futbolchi Ten Xagning rejalarida bo‘lishi dargumon.

2019/20 yilgi mavsum

Fred bir mavsum avval jamoaga kelgan edi, lekin u yosh iqtidor emas, shunchaki aqlli futbolchi. Biroq, uzoq vaqt davomida o‘zini qidirib topa olmagan. Gollandiyalik murabbiy futbolchiga maydon markazida imkoniyat berish ehtimoli kam. Grinvud taqdiri haqida esa ortiqcha gapirish shart emas. “Lester” va Angliya terma jamoasining istiqbolli himoyachisi sifatida Xarri Maguayrning faoliyatiga “Manchester Yunayted”ni tanlash qarori ta’sir ko‘rsatdi. Gvardiola unga qo‘ng‘iroq qildi, ammo “MYU” ko‘proq pul taklif qildi. Natijani bilasiz, barcha yerda Maguayr tasviridagi memlar “izg‘ib” yuribdi.

2020/21 yilgi mavsum

Markaziy yarim himoyachilarga muhtoj bo‘lgan jamoaga yigirma besh yoshli Donni van de Bek taklif etildi. U esa, o‘yin amaliyotisiz qolib ketdi va faqatgina ijaraga berib yuborilgan “Everton”da biroz jonlandi. Ammo Manchesterda Gollandiyadan kelgan murabbiy paydo bo‘lishi Donnining “ketmoni uchadi” degani emas. Shuningdek, Din Xenderson “Nottingem Forest”ga ijaraga berib yuborilishi mumkin.

2021/22 yilgi mavsum

Siz Markus Reshfordni eslab o‘tishingiz mumkin. U 2015 yildan beri asosiy jamoada o‘ynamoqda, ammo 24 yoshida u Jahon futboli super yulduzi emas, balki yangi murabbiy bilan “Manchester Yunayted”da noaniq istiqbolga ega odam bo‘lib qoldi. De Xea haqida ham unutmaslik kerak. Endi u ham yosh iqtidor emas, hatto Ispaniya terma jamoasining birinchi raqamli posboni hisoblanmaydi. Fergyusonsiz yillar davomida u Premyer ligada g‘alaba qozona olmadi. Ajoyib darvozabon muvaffaqiyatliroq jamoaning bir qismi sifatida o‘zini imkon qadar yaxshi namoyish etdi. Lekin klub singari u ham o‘yinini yo‘qotib bordi. 85 million yevroga Jeydon Sanchoni harid qilish, albatta, kelajakni o‘ylab tashlangan qadam. “Manchester Yunayted” jadvalda uchinchi bo‘lib qolsa ham, Jeydonsiz muvaffaqiyat qozonishni istisno qilib bo‘lmaydi. Elanga, Sancho, Alexandro Ferreyra yoki Grinvud “MYU”da o‘z kelajaklariga “bolta urdi”. Balki adashgandirmiz.

Bir paytlar Fergyusonning barcha futbolchilari yaxshi o‘yin ko‘rsata olgandi. Jamoa sovrinlarni qo‘lga kiritdi va sezilarli darajada o‘sdi. Endi yetti mavsumdan beri asosiy tarkibda o‘ynagan Reshford ham ishlashga ishtiyoqi borligini isbotlay olmasa, ro‘yobga chiqmagan iste’dodlar ro‘yxatiga qo‘shilib qolishi mumkin.

Ko‘rinishidan, “qizil iblislar” rahbarlari qayta qurish uchun to‘g‘ri murabbiyni taklif qilishdi. Ten Xag Ralf Rangnik klubdan ketishini eng ko‘p istaganlardan biri bo‘lgani sir emas. Endilikda hujumlar tashkil etishda benazir – Kristian Eriksen “Manchester Yunayted”ga chaqirilgach, “Brentford” va “Tottenxem” o‘rtasidagi tanlovga intilmoqda. Top-futbolchilar esa “Manchester Yunayted” taklifini shunchaki kulgu bilan qabul qilishmoqda. Aftidan, klub ko‘p yillar davomida yuqori cho‘qqilarni zabt etib yursa, uning inqirozi ham uzoq yillik bo‘ladi chog‘i.

Kiritildi: 11:29, 27.06.2022.
O'qildi: 5581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.