Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jezus bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak

Jezus bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezus bugun, 28 iyun kuni Londonning "Arsenal" klubiga o‘tishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano o‘z tvitterida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik hujumchi allaqachon Londonga yetib borgan va tez orada "kanonirlar" 25 yoshli hujumchining transferini rasman e’lon qiladi.

Oldinroq Gabriel Jezusning transfer summasi 52 million yevroni tashkil qilishi xabar qilingandi. Qayd etilishicha, Braziliya terma jamoasi hujumchisi London klubi bilan 2027 yilgacha shartnoma tuzmoqchi.

Kiritildi: 12:38, 28.06.2022.
O'qildi: 1451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик