Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Iqtidorli bolakaylikdan super yulduzlikka qadar: Kilian Mbappe

Iqtidorli bolakaylikdan super yulduzlikka qadar: Kilian Mbappe

Baho:
+ | -

2016-2017 yilgi mavsumdan boshlab dunyo futbol ahli Kilian Mbappe Lottin ismli yosh va iqtidorli futbolchi nomini taniy boshladi. U "Monako" safida harakat qilardi. Tabiiy qobiliyati hamda o‘ta kuchli tezligi hujumchining katta yutuqlari edi. Ammo Mbappe bu qobiliyatlariga yana bir nechta kerakli jihatlarni qo‘sha oldi. Bu esa uni yetuk hujumchiga aylantirdi. O‘sha mavsumda Mbappe YECHLda raqiblar uchun katta xavfga aylandi. Xususan, nimchorak finalda "Manchester Siti"dek jamoaga har ikki davrda gol urishga erishdi. O‘sha o‘yin yakuni umumiy 6-6 bilan yakun topgan. "Monako" esa mehmondagi gollari hisobiga keyingi bosqichga yo‘l oladi. Mbappe bunda katta ishni bajargan. Ko‘p o‘tmay, u katta-katta klublar nazariga tusha boshladi.

2021 yil hujumchi faoliyatidagi eng sermahsul davr bo‘ldi. Mbappe yil davomida jami 67 ta o‘yinda ishtirok etib, 51 ta golga mualliflik qiladi. Uning 51 ta urgan goli, Yevropada ikkinchi eng yaxshi natija edi. Bu borada faqat Levandovskigina Mbappedan yaxshi natijaga erishgan (69 ta). Fransuz futbolchisi o‘sha paytda 22 ta assistga ham mualliflik qiladi. Shu orqali uning gollarda bevosita ishtirok etish ko‘rsatkichi 73 taga yetadi. Bu esa har bir o‘yinda Mbappe 1,09 ta golda ishtirok etganini anglatadi. 2021 yil Mbappeni boshqa darajaga olib chiqqani bilan ham ajralib turadi. Fransiya terma jamoasi a’zosi "PSJ"ga o‘tgach, mutlaqo boshqa darajaga ko‘tariladi.

Bugun 23 yoshda bo‘lgan Mbappe ko‘plab natijalari bilan rekordlarni yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchining keyingi manzili "Real Madrid" bo‘lishi mumkin edi. Biroq, Parij klubi uni o‘z jamoasida qolishga va kelajagini o‘sha yerda qurishga ko‘ndira oldi.
Mbappening ilk yarqirashi 2016 yilda, U-19 Yevropa chempionatida ro‘y beradi. O‘shandayoq, Mbappe oddiy futbolchi emasligini, kelajakda uni katta zafarlar kutishi mumkinligini namoyon qila olgan. "PSJ" futbolchisi bugungi imkoniyatlari bilan bir emas, bir nechta "Oltin to‘p"ni yutsa bo‘ladi.

Kilian 22 yosh ekanida YECHL musobaqasida fantastik natijalarga erisha boshlagan. Xususan, o‘sha yoshda bu ko‘rsatkichni Samyuel Eto'o, Kaka hamda Ueyn Runilar ham qayd eta olmagan. U shuningdek, 21 yoshidayoq YECHL finalchisiga aylanadi. Ammo finalda "Bavariya"ga imkoniyatni boy beradi. Shunday bo‘lsada, Mbappe uchun hali hammasi oldinda. U 2016-17 yilgi mavsumdagi debyutidan buyon ayni damga qadar Yevropdagi klublar o‘rtasida eng nufuzli musobaqa sanalgan turnirda jami 54 ta golda ishtirok etdi. Ularning 31 tasi gol, 23 tasi assistdir (51 ta uchrashuvda). Ha, yuqoridagi ma’lumotlar sizga absurd bo‘lib tuyulishi mumkindir. Ammo bu fakt!

Kilian Mbappe Fransiyaning ichki chempionatida ham haqiqiy yirtqich instinktini ko‘rsatib kelmoqda. U "PSJ" safida 124 ta o‘yinda maydonga tushib, 100 ta gol urishga erishdi. U 100 ta gollik natijaga erishgan eng yosh futbolchi ham bo‘lgan edi (22 yosh-u, 357 kun).

Mbappe faoliyati raqamlarda:
- Jahon chempionatida gol urgan eng yosh futbolchi (1958 yildan beri)
- 2018 yilgi JCH g‘olibi
- JCHning eng yaxshi yosh futbolchisi
- 2017 yilgi "Golden Boy" sohibi
- 2 karra Jahonning ramziy terma jamoasiga kirgan
- 4 karra Fransiya chempioni
- 3 marta Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi
- 2 marta Fransiyada Yil futbolchisi
- 1 karra Fransiya kubogi sohibi
- Yevropa Millatlar ligasi bosh sovrini.

Yuqoridagi statistikalarning bari Mbappe dahosi haqida so‘zlaydi. Bizda esa uni maqtash uchun ortiqcha so‘z qolmadi hisob.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 18:18, 28.06.2022.
O'qildi: 2025 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.