Kirish Ro'yxatdan o'tish

Turin klubi "Monako" hujumchisini to‘liq sotib oldi

Turin klubi "Monako" hujumchisini to‘liq sotib oldi

Baho:
+ | -

"Torino" "Monako" hujumchisi Piyetro Pellegri bilan shartnoma imzoladi.

21 yoshli forvard o‘tgan mavsumni "Torino"da ijara asosida o‘tkazgan bo‘lsa, endi "buqalar" futbolchining shartnomasini to‘liq sotib olishdi.

Mish-mishlarga ko‘ra, bu transfer Italiya klubiga 5 million yevro va bonuslar tushgan.

Pellegri o‘z faoliyatini “Jenoa”da boshlagan va u yerda 2017 yilning may oyida 21 asrda tug‘ilib, Yevropaning top-5 ligasida gol urgan birinchi futbolchi bo‘lgandi. Keyingi mavsumda Pellegri 16 yoshu 184 kunlik natija bilan A Seriya tarixidagi eng yosh dubl muallifiga aylandi.

Ushbu muvaffaqiyatlardan so‘ng "Monako" futbolchini 21 million yevroga sotib oldi, ammo transfer o‘zini oqlamadi - 23 uchrashuvda 2 gol va 1 golli uzatma.

Kiritildi: 00:06, 29.06.2022.
O'qildi: 1283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.