Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Napoli" Brekalo bilan muzokara olib bormoqda

"Napoli" Brekalo bilan muzokara olib bormoqda

Baho:
+ | -

Tuttomercatoweb xabariga ko‘ra, "Napoli" "Volfsburg" bilan yarim himoyachi Yosip Brekaloni sotib olish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Neapolliklarning boshqa klublardan ustunligi, manbaga ko‘ra, klubning kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishidir.

"Napoli" Matteo Politano va Dris Mertensning o‘rnini aynan Brekalo bilan mustahkamlamoqchi.

Futbolchi o‘tgan mavsumda "Torino"da ijara asosida o‘ynagandi. 24 yoshli xorvatiyalik A Seriyaning 32 o‘yinida 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yarim himoyachining "Volfsburg" bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uni 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 05:08, 29.06.2022.
O'qildi: 869 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.