Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Portu" "Nyukasl"ning 35 million yevrolik taklifiga rad javobini berdi

"Portu" "Nyukasl"ning 35 million yevrolik taklifiga rad javobini berdi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" "Portu" hujumchisi Pepega qiziqish bildirmoqda. O Globo xabariga ko‘ra, ingliz klubi 25 yoshli braziliyalik uchun 35 million yevro taklif qilgan.

Biroq, bu summa portugaliyaliklarga to‘g‘ri kelmadi: ular futbolchini sotishga tayyor, ammo undan ham kattaroq narxga.

Pepe "Portu"ga 2021 yilda "Gremio"dan 15 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning portugal klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda u jami 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 05:12, 29.06.2022.
O'qildi: 1469 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.