Kirish Ro'yxatdan o'tish

Levandovskining narxi yana oshdi

Levandovskining narxi yana oshdi

Baho:
+ | -

Myunxenning “Bavariya” klubi polshalik hujumchi Robert Levandovskining narxini 75 million yevroga oshirdi, deb xabar beradi Diario Sport.

Avvalroq nemis klubi futbolchi uchun 60 million yevro talab qilgandi. Hujumchi uchun asosiy da’vogar "Barselona" bo‘lib turibdi, ammo kataloniyaliklar uning uchun 40 million yevrodan ko‘p to‘lashlari mumkin emas. Polshalik forvardga "PSJ" va "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda.

33 yoshli Levandovski o‘tgan mavsumda "Bavariya" safida barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 50 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:48, 29.06.2022.
O'qildi: 3847 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.