Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Slavche Voyneski: "Ikkinchi bo‘limda juda ko‘p xatolar qildik"

Slavche Voyneski: "Ikkinchi bo‘limda juda ko‘p xatolar qildik"

Baho:
+ | -

"Bunyodkor" bilan o‘yindan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi bahs xususida fikrlarini bildirdi.

- O‘yinning birinchi qismida to‘pni nazorat qildik. Vaziyatlar yaratdik. Biroq ularning bittasidan foydalandik. Ikkinchi bo‘limda jamoam o‘zgardi. Himoyadan hujumga chiqishda xatolar kuzatildi. Tan olish kerak, raqibda g‘alaba uchun xohish ko‘proq bo‘ldi. Raqibni yutuq bilan tabriklayman. Tarkibimizda yo‘qotishlar ham borligini aytib o‘tishim joiz, Sardor Rashidov, Odil Hamrobekov, Oliver Sharkich va hokazo. "Bunyodkor" ham yaxshi jamoa ekanligi ko‘rinib turdi. Iqtidorli yosh futbolchilari bor. Har bir futbolchi tarkibda maydonga chiqib darajani saqlab qolish kerak. "Paxtakor"da o‘ynashga tayyor bo‘lish kerak. Yozgi tanaffusda barcha xatolarni tahlil qilamiz.

Futbolda jismoniy va taktik holatni ajratmayman. Taktik jihatdan bo‘sh hududlar ochilib qolsa, uni to‘ldirish uchun kuch sarflash kerak. Ikkisi birga yuradigan holat. Taktik tarafdan intizomli o‘yin ko‘rsatish kerak.

Oldinda yana bir o‘yin bor. Kelganimda ham aytganman, yoshlarga imkoniyat berishga harakat qilaman. Rashidovning o‘rnini imkon qadar mahalliy futbolchilar bilan to‘ldirishga harakat qilamiz.

Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:12, 30.06.2022.
O'qildi: 1425 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик