Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

"Tottenxem" futbolchisini "Atletiko"ga sotishdan bosh tortdi

"Tottenxem" futbolchisini "Atletiko"ga sotishdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" klubi qanot himoyachisi Emerson Royalni "Atletiko"ga sotishdan bosh tortdi, deb xabar beradi Sky Sports. London klubi futbolchi bilan xayrlashishga shoshilmayapti.

Manbaning xabariga ko‘ra, madridliklar 23 yoshli futbolchining transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Atletiko" braziliyalikni bir mavsumga ijaraga olmoqchi edi, ammo "shporlar" Madridga rad javobini berishdi.

Emerson o‘tgan yilning avgust oyidan beri "Tottenxem"da to‘p tepmoqda. Londonliklar uni “Barselona”dan 25 million yevroga sotib olishdi. Braziliyalik futbolchining shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:20, 30.06.2022.
O'qildi: 1542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик