Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Premyer-ligadagi yirik transferlar qanchalik o‘zini oqlagan?

Premyer-ligadagi yirik transferlar qanchalik o‘zini oqlagan?

Baho:
+ | -

Angliya chempionati dunyoning eng qiziqarli ligasi hisoblanadi. Shu sababdan bu chempionatda yirik transferlar amalga oshirilishi tabiiy holat. Keling, liga tarixidagi o‘ziga xos transferlarni ko‘rib chiqamiz.

“Manchester Siti”: Jek Grilish

Grilish 2021/2022 yilgi mavsum oldidan "shaharliklar" safiga qo‘shildi: "Aston Villa" transferdan 117,5 million yevro ishlab oldi. Bu transfer Premyer-liga tarixidagi eng qimmat transfer sanaladi.

"Liverpul": Virjil van Deyk

Van Deyk 2017/2018 yilgi mavsum boshlanishidan oldin "Sautgempton"dan "Liverpul"ga
o‘tgan edi. Transfer summasi 84 million yevro va bu o‘zini to‘liq oqladi.

"Chelsi": Romelu Lukaku

Aynan "Inter"dan Lukakuni sotib olishga "Chelsi" eng ko‘p pul sarflagan. 2021/2022 yilgi mavsum oldidan londonliklar belgiyalik hujumchi uchun 113 million yevro ajratishdi va bir mavsumdan so‘ng Lukaku Milanga ijaraga berildi. Ko‘rinib turibdiki, bu xarid o‘zini hech qanaqasiga oqlagani yo‘q.

"Arsenal": Nikolas Pepe

"Arsenal"ning eng yirik transferi "Lill"dan Pepe uchun 80 mln yevro bo‘lgan. Hujumchi 2019/2020 mavsum oldidan jamoaga kelib qo‘shilgandi.

"Manchester Yunayted": Pol Pogba

"Manchester Yunayted" 2016/2017 yilgi mavsum oldidan Pogbani "Yuventus"dan qaytarish uchun 105 million yevro sarfladi. Shartnoma muddati tugagach, Pol klubni tark etib, “Yuventus”ga qaytdi.

"Tottenxem": Tanguy N'Dombele

2019/2020 yilgi mavsum oldidan "Lion"dan Tanguy N'Dombele "Tottenxem"ga o‘tdi. Transfer summasi 60 million yevroni tashkil qildi.

"Vest Xem": Sebasten Aller

"Vest Xem" 2019/2020 yilgi mavsum oldidan Aller uchun 50 million yevro to‘lagan. Futbolchi "Ayntraxt"dan Angliyaga ko‘chib o‘tdi, ikki mavsumni jamoada o‘tkazdi va "Ayaks"ga sotib yuborildi.

“Everton”: Gilfi Sigurdsson

49,40 million yevro evaziga Sigurdsson 2017/2018 yilgi mavsum oldidan "Suonsi"dan "Everton"ga o‘tgan edi. Hozir futbolchi tergov ostida va sud jarayonini kutmoqda: u klubning 2021/2022 yilgi mavsum uchun qaydnomasiga kiritilmagandi ham.

“Nyukasl”: Joelinton

Joelinton "Xoffenxaym"dan Premyer-ligaga o‘tdi, "Nyukasl" 2019/2020 yilgi mavsum oldidan futbolchi uchun 44 million yevro to‘lagan. Bu summa o‘sha vaqtdagi “Nyukasl” uchun katta pul hisoblanardi.

“Lester”: Yuri Tilemans

Tilemans 2019/2020 yilgi mavsum oldidan “Monako”dan “Lester”ga 45 million yevro evaziga ko‘chib o‘tdi va bu mavsumdan keyin top klublar nazariga tushdi. Yuriga xatto “Real”dan ham qiziqish bo‘lgani haiqda xabarlar tarqaldi.

Kiritildi: 13:23, 30.06.2022.
O'qildi: 3485 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.