Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kalvin Fillips bugun "Manchester Siti" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Kalvin Fillips bugun "Manchester Siti" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Baho:
+ | -

"Lids" yarim himoyachisi Kalvin Fillips 1 iyul kuni "Manchester Siti"ga o‘tishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

O‘tgan haftada mankunianliklar "Lids" bilan 26 yoshli futbolchining transferi borasida kelishib olgani ma’lum bo‘ldi. Bitim 45-50 million funtni tashkil qiladi. “Shaharliklar” safida Fillips faoliyatini “Atletiko Paranaense”da davom ettiradigan braziliyalik Fernandinyo o‘rnini egallaydi.

Kalvin Fillips o‘tgan mavsumda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 07:50, 01.07.2022.
O'qildi: 1687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.