Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Stepan Atoyan: "Agar "Neftchi"da Lebedov va Do‘rmonov ish boshlasa, ularga yordam berishga tayyorman"

Stepan Atoyan: "Agar "Neftchi"da Lebedov va Do‘rmonov ish boshlasa, ularga yordam berishga tayyorman"

Baho:
+ | -

Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi tarkibidagi o‘z o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Stepan Atoyan ayni paytda Gresiyada istiqomat qilayotganidan ko‘pchilikni xabari bor. Farg‘onalik jurnalistlar "Neftchi" jamoasining sobiq futbolchisidan intervyu olishdi.

- Assalomu alaykum, Stepan Malikovich hozirgi kunda Gresiyada nimalar bilan bandsiz?

-Assalomu alaykum O‘zbekistonga! Men Gresiyada 20 yildan buyon bolalar futbolida murabbiy bo‘lib ishla kelyabman.

- Ancha yillardan buyon bolalar futbolida murabbiy bo‘lib ishlayabsiz, aytingchi shu fursat ichida ko‘zga ko‘ringan futbolchilar yetishib chiqdimi?

- Tarbiyalagan futbolchilarim ichida ko‘pchiligi hozirda Gresiya Superligasida, 1 va 2-ligalarda to‘p surishmoqda.

- O‘zbekiston Superligasini, hususan sobiq jamoangiz “Neftchi”ning o‘yinlarini kuzatib borasizmi?

- Albatta, o‘yin natijasini internet tarmoqlari orqali kuzatib kelaman.

- Tarihga nazar solgan holda, sizga savol bersak: siz bilan birga o‘ynagan eng yaxshi besh nafar futbolchini sanab o‘tsangiz?

- Meninng fikrimcha, Rustam Do‘rmonov, Mirjalol Qosimov, Ravshan Bozorov, Andrey Fyodorov va Igor Shkvirinlar.

- O‘zbekiston Superligasini kuzatib boraman dedingiz. Umuman olganda "Neftchi"ning yaqin o‘tmishdagi inqirozlariga nima sabab bo‘lyapti deb o‘ylaysiz?

- Rahbariyatning eng katta hatosi bu - Yuriy Vazgenovich Sarkiyanning jamoadan butunlay ketkazib yuborishi bo‘ldi deb o‘ylayman. Sababi, Sarkisyanning klub tizimida bir xil ishlashi, ichki tartib-intizomni barqaror ushlab turishi jamoaning eng katta yutug‘i edi, tartibli va omadning kaliti ham aynan tartib-intizomda edi, Sarkisyandan so‘ng jamoaga juda ham ko‘pchilik murabbiylar kelib ketdi, futbolda murabbiylik lisenziyasini qo‘lga kiritsa, u yaxshi murabbiy bo‘ldi degani emas, murabbiyning o‘zida ham iste’dod bo‘lishi kerak agar. Mening fikrimcha jamoaga "Neftchi" tarkibida chempion bo‘lgan sobiq futbolchilarni murabbiy etib tayinlash kerak. Ular Farg‘onaliklarni nima hoxlayotganliklarini juda yaxshi bilishadi.

- Farg‘ona  va Farg‘onalik muhlislar haqida fikrlaringiz?

- Shirin xotiralar  juda ham ko‘p, biz mehnatimiz evaziga shu darajaga yetganmiz, O‘zbekiston xaqida menda juda ham ko‘p iliq fikrlar va xotiralar qolgan.

- Xabaringiz bor, hozirgi kunda O‘zbekiston Superligasida "Neftchi" 13 turdan so‘ng 13-o‘rinda bormoqda, jamoa inqirozdan chiqishi uchun nima qilishi kerak? Mutaxassis sifatida qanday tavsiya bergan bo‘lardingiz?

- Xozirgi murabbiylar shtabini tezroq o‘zgartirish kerak. Sergey Lebedovga imkon berish kerak. Agar Lebedov yoki Asad Do‘rmonov murabbiy bo‘lib ish boshlashsa, men Farg‘onaga qaytib, ularga yordam berishga tayyorman, Yevropa futbolini olib kirishim mumkin bo‘ladi.

- Mazmunli suhbat uchun sizga rahmat. Futbol muhlislariga tilaklaringiz?

-Fursatdan foydalanib O‘zbekistonda meni tanigan barcha insonlarga salom aytaman! O‘zbekiston, xususan Farg‘ona haqida shuncha yil o‘tsa ham mening yuragimda o‘chirib bo‘lmas xotiralar mujassam. Barchaga omad yor bo‘lishini tilayman!

Manba: @FARFOOT
Kiritildi: 09:39, 01.07.2022.
O'qildi: 3442 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.