Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul - Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima - Shanghai Shenhua

Rahmatjon Ro‘zioxunov "Elorda kubogi"da asosiy raqiblarimiz kim ekanligini aytdi

Rahmatjon Ro‘zioxunov "Elorda kubogi"da asosiy raqiblarimiz kim ekanligini aytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Qozog‘istonda xalqaro "Elorda kubogi" musobaqasi o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqa jarayoni, tayyorgarlik va asosiy raqiblar haqida Rahmatjon Ro‘zioxunovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Qozog‘istondagi xalqaro "Elorda kubogi" musobaqasida 10 ta terma jamoa qatnashmoqda. Turnirga yaxshi raqiblar kelgan. Musobaqada bizdan tashqari mezbon Qozog‘iston, shuningdek Kuba, Mo‘g‘uliston, Yaponiya, Hindiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston terma jamoalari vakillari ishtirok etishmoqda. Barcha o‘zining kuchli tarkibini olib kelgan.

Mezbon Qozog‘iston 4 ta tarkib bilan qatnashmoqda. Biz 10 nafar bokchi bilan 8 ta vazn toifasida bahslarda ishtirok etyapmiz. Musobaqaga tayyorgarlik Yangiobod o‘quv bazasida, bosh murabbiy Marat Qurbonov boshchiligida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur turnir orqali bokschilarimizni yana bir bor sinovdan o‘tkazib olmoqchimiz. Ochig‘ini aytaman, asosiy kuchni ushbu turnirga sarflab qo‘ymoqchi emasmiz, yigitlarimizi o‘zlarining eng yuqori sport formasiga olib chiqmaganmiz. Chunki, oldinda Osiyo chempionati bor. Lekin hali musobaqa qayerda o‘tkazilishi aniq emas. Qit’a birinchiligidan so‘ng Toshkentda bo‘ladigan jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Safimizda asosiy tarkibdan tashqari, 2 va 3-raqamli bokschilarimiz bor. Ushbu musobaqa orqali ularni sinovdan o‘tkazib olishimiz lozim. Yana bir necha bokschimiz Moskvadagi musobaqada qatnashib kelishdi.

Asosiy raqiblar? Bu yerda barcha terma jamoalar kuchli. Asosiy raqib sifatida Qozog‘istonni ko‘rsatgan bo‘lardim. Ular bizning yigitlarga qarshi katta tayyorgarlik bilan jangga chiqishmoqda.

Bugun musobaqa doirasida 8 nafar bokschi yigitlarimiz jang qiladi", - dedi Rahmatjon Ro‘zioxunov O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: Ўзбекистон бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 09:54, 01.07.2022.
O'qildi: 2163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.