Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Abdul-Aziz Yusupov: «Biz galabaga loyiq edik»

Abdul-Aziz Yusupov: «Biz galabaga loyiq edik»

Baho:
+ | -

"Surxon" hujumchisi Abdul-Aziz Yusupov Superliganing 13-turi doirasida "Neftchi"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin borasida klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— O‘yin haqida.
— O‘yin juda og‘ir kechdi, chunki ikki jamoaga ochko juda ham zarur edi. Uchrashuv qiyin bo‘lishini biz bilgandik. Shunga yarasha, tayyorgarlik ko‘rdik.

— Ikkinchi bo‘limda jamoa birinchisiga qaraganda faolroq to‘p tepdi.
— Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Ba’zi vaziyatlarda xato qildik. Bizning darvozamizga penalti belgilandi. Tanaffusda bosh murabbiymiz hujumda yanada tajovuzkor o‘ynash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. O‘yin tempini oshirish kerakligi ta’kidlandi. Jamoadoshlarim ikkinchi bo‘limga qo‘shimcha motivasiya bilan chiqishdi. Maydonda bor kuchini berdi. Biz o‘zimizni ayamay o‘ynadik. Yakunda gol urdik. Bundan tashqari ko‘plab vaziyatlar yaratdik.

— «Surxon» ochko yo‘qotdimi yoki bir ochko oldimi?
— So‘zsiz, «Surxon» ochko yo‘qotdi. Biz g‘alabaga loyiq edik. Chunki, ikkinchi taymda «Neftchi»ning zonasida juda ko‘p vaziyat yaratdik. Afsuski, gol urish uchun ikkita sof imkoniyatdan foydalana olmadik. Bu futbol, shunday vaziyatlar ham bo‘lib turadi

— Navbatdagi raqibimiz — «Nasaf». Bunday kuchli raqibni qanday yengish mumkin?
— «Nasaf» O‘zbekistondagi yeng top jamoalardan bittasi. O‘zining uslubi, yaxshi akademiyasi bor. Lekin shunday raqibga qarshi munosib o‘ynay olamiz. Biz bu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Shu ruhda davom yetamiz va muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 18:20, 01.07.2022.
O'qildi: 2429 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик