O‘tgan mavsumni "Barselona"da ijara asosida o‘tkazgan "Sevilya" hujumchisi Lyuk de Yong PSVga o‘tdi.
Niderlandiyalik hujumchining transfer summasi taxminan 4 million yevroni tashkil etgandi.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona"dagi so‘nggi mavsumida Lyuk de Yong barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. "Sevilya" uni 2019 yilda Eyndxovenning PSV klubidan 12,5 million yevroga sotib olgandi.













