Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

"Manchester Yunayted" Eriksenni sotib olishga yaqin turibdi

"Manchester Yunayted" Eriksenni sotib olishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen bilan bir necha marotaba muzokara o‘tkazdi va futbolchining moliyaviy talablarini qondirishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi Daily Star.

Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" daniyalik bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Futbolchi yozda "MYU" qanday transfer siyosatini olib borishini ko‘rmoqchi, shu sababli u shartnoma imzolashni kechiktirmoqda.

Ma’lum qilinishicha, futbolchining "Manchester Yunayted"ga o‘tgan taqdirda maoshi yiliga 8,3 million yevroni tashkil qiladi.

Oldinroq Eriksen faoliyatini davom ettirish uchun ikkita variantni ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi: "Manchester Yunayted" lageriga borish yoki "Brentford"da o‘ynashni davom ettirish.

Kristian Eriksen o‘tgan mavsumda "Brentford" safida Premer-ligada 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda futbolchi erkin agent maqomida.

Kiritildi: 08:13, 03.07.2022.
O'qildi: 2444 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик