Kirish Ro'yxatdan o'tish

Karvalyuni APLga nima chorladi?

Karvalyuni APLga nima chorladi?

Baho:
+ | -

"Liverpul" yarim himoyachisi Fabio Karvalyu mersisaydliklar lageriga o‘tishiga turtki bo‘lgan sabablardan birini aytib o‘tdi, shuningdek, ingliz klubi va misrlik hujumchi Muhammad Saloh o‘rtasidagi shartnoma uzaytirilgani haqida gapirdi.

«Liverpul»ga o‘tganimning asosiy sabablaridan biri bu Klopp. Men uning o‘yinchilarni rivojlantirish uchun nima qilayotganini ko‘rdim va ishonchim komilki, u mening professional bo‘lishimga yordam beradigan to‘g‘ri odam.

Saloh "Liverpul" bilan shartnomasini uzaytirganidan xursandman, chunki u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri.

Men undan o‘rganmoqchiman. Ishonchim komilki, barcha muxlislar xursand. Umid qilamanki, biz kelgusi mavsumda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kirita olamiz», - deya Karvalyuning so‘zlarini keltiradi «Liverpul» matbuot xizmati.

Kiritildi: 17:39, 03.07.2022.
O'qildi: 1362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.